Xamid Xamdamovich Mirzayev 1957-yil 05-aprel, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Biografiyasi Xamid Xamdamovich Mirzayev 1957-yil 05-aprelda tugʻilgan. 1979—1981-yillarda S. Ayni nomidagi Samarqand davlat pedagogika instituti rus va chet el adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 1981—1985-yillarda Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti sovet adabiyoti kafedrasining stajor tadqiqotchisi va aspiranti, 1985—2020-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti rus va chet el adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yilning oktyabr oyidan Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialining O‘zbek tili va gumanitar fanlari kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Mehnat faoliyati 1979-1981 yy. -S.Ayni nomidagi Samarqand Davlat pedagogika instituti «Rus va chet el adabiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi 1981-1982 yy. - V.I.Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti «Sovet adabiyoti» kafedrasi stajyor-tadqiqotchi 1982-1985 yy. - V.I.Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti «Sovet adabiyoti» kafedrasi aspiranti 1985-1992 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti Navoiy filiali «Rus tili va adabiyeti» kafedrasi o‘qituvchisi 1992-1994 yy. - Navoiy Davlat pedagogika instituti «Rus tili va adabiyeti» kafedrasi katta o‘qituvchisi 1994-1999 yy. - Navoiy Davlat pedagogika instituti «Rus va chet el adabiyeti» kafedrasida kafedra mudiri lavozimini bajaruvchi 1999-2013 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi 2013-2015 yy. - Navoiy davlat pedagogika instituti rus va chet el adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi 2015 – 2021 у.у. - Navoiy davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi 2022-у. Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida dotsent lavozimini bajaruvchi
Ilmiy faoliyati Xamid Xamdamovich Mirzayev 2022-yilda „Hozirgi o‘zbek sonetida milliy kolorit va umuminsoniy qadriyatlar“ mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Manbalar
Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Fan nomzodlari Turkum:dotsent