Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litsey (ALTITLI) Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻlib, oʻz faoliyatini Toshkent shahridagi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan yaqin hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlari talablariga muvofiq olib boradi.

Litsey matematika, fizika, ingliz tili, chizmachilik, kimyo kabi fanlardan kengaytirilgan taʼlim beradi. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri u yerda taklif qilingan bakalavr dasturlaridan biriga yozilishlari mumkin.

Taʼlim muassasasida yo‘nalishlar Taʼlim muassasasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda. (Aniq fanlar-1 (matematika-fizika) Aniq fanlar-2 (matematika-ingliz tili) Aniq fanlar-3 (rasm-chizmachilik) Tabiiy fanlar-2 (matematika-kimyo) O‘quv jarayoni bir smenada, taʼlim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Manzil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining markazida, Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uyda joylashgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Akademik litseylar Turkum:Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari