Zu Qarad gʻazoti, shuningdek, Gʻaba gʻazoti deb ham ataladi, hijriy 627-yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan, baʼzi olimlarning maʼlumotlariga koʻra, Xaybar jangidan oldin, hijriy 6-yilning 12-oyida sodir boʻlgan.
Islom paygʻambari Muhammad Banu Lahyon qabilasi bilan urush olib borib Madinaga qaytganidan keyin Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy boshchiligidagi gʻatafonlik qurolli guruh shahar chetiga bostirib kirishgan va 20 bosh sogʻin tuyani tortib olishgan. Ular, shuningdek, choʻponni ham oʻldirib, uning xotinini asir qilib olishgan.
Yurish
Hujum sabablari
Abdurahmon Uyana ibn Hisn al-Fazoriy musulmonlarga qarshi bosqin uyushtirib, tuyalarni talon-taroj qilgan va yoʻllaridan chiqqan choʻponni ham oʻldirib, xotinini oʻgʻirlab ketgan. Ushbu voqeadan birinchi boʻlib Salama ibn al-Akva xabar topgan va dushmanning orqasidan quvib ketgan. Voqeadan keyinroq xabar topgan Muhammad ham ularning ketidan tushganMufti, M. Mukarram Ahmed (Dec 2007), Encyclopaedia of Islam, Anmol Publications Pvt Ltd., p. 228, ISBN 978-81-261-2339-1.
Ikki oʻrtadagi jang Madinadan bir kunlik masofada joylashgan suv ombori Zu Qaradda boʻlib oʻtgan. Baʼzi ulamolarning fikricha, ushbu jang Xaybar jangidan uch kun oldin sodir boʻlgan.
Musulmonlarning javobi Muhammad Madinaga qaytayotib, Zu Qarad degan joyda toʻxtab, qurbonlik sifatida tuya soʻyganMufti, M. Mukarram Ahmed (Dec 2007), Encyclopaedia of Islam, Anmol Publications Pvt Ltd., p. 228, ISBN 978-81-261-2339-1.
Muhammad dushmanning ketidan taʼqib uyushtirish uchun 500–700 nafar jangchilarni toʻplagan boʻlsa-da, ularga qarshi faqatgina 8 ta otliq yuborgan. Dushman tarafdan 40 chavandoz jangchilar ishtirok etgan. Yakunda musulmonlarning qoʻli baland kelgan, oʻlja qilib olingan tuyalarning yarmi qaytarib olingan. Musulmonlar dushmanning 4 nafar jangchisini oʻldirgan.
Yana qarang
Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:627