Ali ibn Abu Tolibning Banu Tay qabilasiga qarshi yurishi 630-yil avgust oyiida, Islom taqvimi boʻyicha hijriy 9-yilning ikkinchi oyida boʻlib oʻtganNote: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here, and archive of page here.
Banu Tay Banu Toy butparastlik va nasroniylikka boʻlingan qabila edi.
Qabila boshligʻi Hatim at-Tay boʻlib, u oʻzining saxiyligi tufayli mashhurlikka erishgan edi. Islom ensiklopediyasiga koʻra, oʻsha vaqtda Arabistonning buyuk qahramoni sifatida shuhrat qozongan. Uning vafotidan keyin oʻgʻli Adi ibn Hatim otasining izidan borishga harakat qilgan. Adi ibn Hatim juda dindor kishi boʻlgan.
Yurish Islom paygʻambari Muhammad Ali ibn Abu Tolibni 150 kishi bilan Banu Tay qabilasi sajda qiladigan butparast iloh al-Fuls (al-Qullus) haykalini (butini) yoʻq qilish uchun yuboradi. Musulmon jangchilaridan 100 nafari tuyada, qolganlari esa otda edi. Ali oʻzi bilan qora va oq bayroq olib ketadi. Musulmonlarning bostirib kelayotganini eshitgan Adi ibn Hatim (qabila boshligʻi) esa Suriyaga qochib ketadi.
Tong chogʻida Ali aholiga bosqin uyushtirib, al-Fuls haykalini buzib tashlaydi va koʻplab tuya va qoʻylarni urush oʻljasi sifatida oladi. Musulmonlar ham bir qancha erkak, ayol va bolalarni asirga oldilar. Asirlar orasida Hatim Tayning qizi ham bor edi.
Al-Qullus mol-mulki orasida musulmonlar uchta qilich va uchta zirh topadilar. Keyin ular oʻljalarni oʻzaro boʻlishib, eng yaxshisini Muhammadga qoldiradilar.
Yana qarang
Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:630