Oblivion – 2013-yili amerikalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan post-apokaliptik jangari-sarguzasht film. Prodyuser va rejissyor – Joseph Kosinski, ssenariy mualliflari Karl Gajdusek va Michael deBruyn. Bosh rollarda: Tom Cruise, Morgan Freeman, Olga Kurylenko, Andrea Riseborough, Nikolaj Coster-Waldau hamda Melissa Leo. Kosinskining hali tugallanmagan shu nomli romaniga asoslangan holda suratga olingan. Filmda 1970-yillarning ilmiy toʻqima janri uslublaridan hamda Yer sharida oʻzga sayyoraliklar bilan 2077-yilda sodir boʻlayotgan urush davomida tugʻilgan „sevgi qissasi“ tasvirlangan. Oʻz topshirigʻini tugallash arafasida boʻlgan usta-mexanik halokatga uchragan kosmik kema qoldiqlari orasidan bir ayolni topib oladi. Bu esa oʻz navbatida bosh qahramonning oldiga qoʻygan maqsadini oʻzgartirishiga undaydi hamda davom etayotgan urush haqida koʻproq maʼlumot olish istagini uygʻotadiDirector Joseph Kosinski and actor Tom Cruise talk about Oblivion (2013)..
Oblivion filmining premyerasi 2013-yilning 26-mart kuni Buenos-Ayresda boʻlib oʻtgan. Universal Pictures tomonidan 19-aprel sanasidan kinoteatrlarda namoyish etila boshlangan. Film 120 million dollarlik byujeti bilan butun dunyo boʻylab 286 million dollar daromad qiladi hamda tanqidchilar tomonidan turli xil tanqidiy fikrlar ostida qoladi.
Syujeti 2077-yilda Jack ismli usta-mexanik va kommunikatsiyalar boʻyicha xodim Victoria Yer yuzida qolgan oxirgi insonlar sifatida namoyon boʻladi. 2017-yili axlattitar oʻzga sayyoraliklar oyni yoʻq qilib, Yerni bosib olishadi. Odamlar urushda gʻalaba qozonsa-da, yadroviy qurollardan foydalanish Yerdagi hayotni yoʻq qilib yuborar edi. Jack hujum dronlarini sozlash bilan shugʻullanib, dengiz suvini termoyadro sinteziga aylantiruvchi gidrotermal platformalarni himoya qilish bilan birga axlattitarlarga qarshi davomli kurash olib boradi. Jackning ishlari „Tet“ kemasi (Yer atrofida kuniga bir marta aylanuvchi kosmik stansiya) komandiri Sallinga xabar qilinadi. Ikki hafta ichida kosmik kema ishchi guruh Saturn yoʻldoshi hisoblanmish Titanga koʻchib ketishadi. Garchi ushbu ikki qahramonning xotiralari oʻchirib tashlangan boʻlsa-da, Jack jangdan oldingi hayotini qandaydir bir ayol bilan boʻlganligini gʻira-shira eslaydi. Yana qarang
Distopiya janriga oid filmlar roʻyxati Dronlar yordamida tasvirga olingan filmlar roʻyxati Kosmik stansiyalarda tasvirga olingan filmlar roʻyxati Moon filmi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Joseph Kosinski filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari