Arsen Romanovich Mirzoyan (; 1978-yil 20-mayda tugʻilgan), ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Qoʻshiqchi 2020-yil „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini olgan va 2022-yil „3-darajali xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Biografiyasi Arsen Mirzoyan 1978-yil 20-may kuni Ukrainaning Zaporojye shahrida istiqomat qiluvchi arman oilasida tugʻilgan va 1995-yilda maktabni tamomlagan. Maktabda oʻqib yurgan yillari konsertlarda ham qatnashgan, sheʼrlar yozgan, keyinchalik ularning baʼzilari qoʻshiqlarida qoʻllangan. Biroq, rasmiy musiqiy maʼlumotga ega boʻlmagan va Zaporojye Milliy universiteti muhandislik institutining rangli metallurgiya muhandisligi boʻyicha tahsil olgan. Keyin Zaporojyeda, avvaliga samolyot dvigatellarini ishlab chiqaruvchi „Motor Sich“da, soʻngra „Zaporijstal“ poʻlat ishlab chiqaruvchisining dastgoh ustaxonasida oʻn ikki yil davomida uchastka ustasi boʻlib ishlagan.
Diskografiyasi – albomlari
2011-yil – „Gudziki“ 2013-yil – „Nazruchni lijka“ 2015-yil – „Nich“ 2016-yil – „Paperoviy snig“ 2017-yil – „Slova i Noti“ 2019-yil – „Ingredient“ 2021-yil – „Monarxiya“
Shaxsiy hayoti Mirzoyanning birinchi rafiqasi Annadan Vlad va Artem ismli ikki oʻgʻli bor. Biroq, 2011-yilda Golos Krainida Antonina Matviyenko bilan doʻstlashgan va munosabatlar shu qadar rivojlandiki, 2013-yil oxirida Anna bilan ajrashish uchun ariza bergan. Mirzoyan va Matviyenkoning qizi Nina (2016-yil 15-yanvarda tugʻilgan) boʻlgan va ular 2017-yil 15-iyunda turmush qurishgan. Oʻgʻillari bilan iliq munosabatda.
Manbalar
Havolalar
YouTube kanali
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar