Dunkin' Donuts – 2019-yildan beri Dunkin' nomi bilan faoliyat olib borayotgan Amerikaning koʻp millatli qahva va donut va fast fud restorani. U Bill Rozenberg (1916–2002) tomonidan 1950-yilda Massachusets shtatining Quincy shahrida asos solingan. Bu tarmoq 1990-yilda Baskin-Robbinsning Allied Lyons xolding kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Kompaniyaning Mister Donut tarmogʻini sotib olishi va ushbu tarmoqning Dunkin' Donutsga oʻzgartirilishi oʻsha yili brendning Shimoliy Amerikada yanada rivojlanishiga yordam berdiSauter, Michael B. and Alexander E. M. Hess. Famous Restaurant Chains That Are Hard to Find . Page 2. 247wallst.com. Oxir-oqibat Dunkin' va Baskin-Robbins 2004-yilda, shtab-kvartirasi Massachusets shtatining Kanton shahrida joylashgan Dunkin' Brands kompaniyasining shoʻba korxonalariga aylandi. Soʻngra 2020-yil 15-dekabrda Inspire Brands tomonidan sotib olindi. Tarmoq „ichimliklarga asoslangan kompaniya“ sifatida rebrending qila boshladi. Rebranding natijasida kompaniya 2019-yil yanvar oyida Dunkin' deb oʻzgartirildi. Hozirda faqatgina AQShdagi doʻkonlargina yangi nomdan foydalana boshlagan boʻlsa-da, kompaniya birin-ketin rebrendingni barcha xalqaro doʻkonlariga tatbiq qilish rejasini ochiqlagan.

42 mamlakatda 12,900 ga yaqin filialga ega Dunkin' dunyodagi eng yirik qahvaxona va donut doʻkonlaridan biri hisoblanadi. Uning mahsulotlari donuts, simit, kofe va „Munchkins“ teshik kulchalarini oʻz ichiga oladi.

42 mamlakatda 12,900 ga yaqin filialga ega Dunkin' dunyodagi eng yirik qahvaxona va donut doʻkonlaridan biri hisoblanadi.

Manbalar