Akmal Ortiqov (; 1987-yil 30-yanvar) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynaydi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati Akmal professional futbolga juda kecha 25 yoshda kirib kelgan. 2012-yilgi mavsumda ilk „Navbahor“ jamoasi tarkibidan oʻrin olgan. Keyinchalik 2014-yilgi mavsumda Olmaliqning „Olmaliq“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsumda „Navbahor“ klubi tarkibiga qaytgan va ikki mavsum davomida Namangan jamoasi tarkibida oʻynagan. 2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Olmaliq jamoasiga ijara asosida qaytgan va yarim mavsum davomida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda „Navbahor“ klubi tarkibiga qaytdi va mavsum davomida birorta oʻyinda ishtirok etmay yzogi transfer oynasida jamoani tark etgan.
2017-yilgi yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Birinchi ligasi ishtirokchisi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilgi mavsum oldidan bir necha jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etdi va yakunda mavsumni „Andijon“ jamoasi tarkibida boshlagan. Andijon jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynadi va 2018-yilgi mavsumda Pro liga gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2020-yilgi mavumda Yaypanning „Turon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki yil davomida „Turon“ jamoasida oʻynagan.
2022-yil 12-yanvar Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2018, 2020
Manbalar
Havolalar
Akmal Ortiqov OʻzPFL saytida
Akmal Ortiqov Transfermarkt saytida
Akmal Ortiqov Sports.ru saytida Akmal Ortiqov Teams.by saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor Farm klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari