Yangi Zelandiya iqtisodiyoti – erkin bozor tamoyillariga asoslangan yuqori darajada rivojlangan iqtisodiyot. Ushbu iqtisodiyot nominal YaIM boʻyicha jahonda 52- va Xarid Qobiliyati Pariteti indeksiga koʻra, 62- eng yirik iqtisodiyotdir. Yangi Zelandiya dunyodagi eng globallashgan va xalqaro savdoga, asosan Xitoy, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi, AQSh, va Yaponiya bozorlariga, yuqori darajada integratsiyalashgan iqtisodiyotlaridan biriga ega. Yangi Zelandiyaning Avstraliya bilan 1983-yilgi Yaqin Iqtisodiy Hamkorlik shartnomasi uning Avstraliya iqtisodiyoti bilan yaqin bogʻlanganini koʻrsatadi.

Yangi Zelandiyaning iqtisodiyoti rasmiy va norasmiy tashkilotlardan iborat boʻlib, ushbu tashkilotlar davlat va xususiy sektorga boʻlingan. Iqtisodiyot kuchli xizmat koʻrsatish sektoriga ega. 2013-yilgi jami YaIMning 63%i ushbu sektor hissasiga toʻgʻri kelgan. Yirik orol davlat sifatida bir talay tabiiy resurslar va mineral boyliklarga egalik qiladi. Sanoatning muhim ishlab chiqarish yoʻnalishlariga alyumin ishlab chiqarish, oziq-ovqatni qayta ishlash, metal ishlab chiqarish, hamda yogʻoch va qogʻoz sanoatlari kiradi. Konchilik, ishlab chiqarish, elektr energiya, gaz, suv, va chiqindilarni qayta ishlash YaIMning 16.5%ini tashkil etadi. Birlamchi sektor Yangi Zelandiya eksportining YaIMning 6.5%ini tashkil etsa-da, hali ham eksport hissasida yetakchilikni saqlab qolmoqda. Axborot texnologiyalari sektori esa tezlik bilan oʻsib bormoqda.

Yangi Zelandiyaning asosiy kapital bozori Yangi Zelandiya Exchange (NZX) boʻlib, NZXning umumiy bozor kapitallashuvi $226 milliardga baholanadi. Yangi Zelandiyaning pul birligi Yangi Zelandiya dollari (norasmiy nomi „Kivi dollari“) Tinch okeanining toʻrtta hududida amal qiladi. Yangi Zelandiya dollari jahon savdosida eng koʻp foydalaniladigan 10-raqamli valyutadir [pg.10 of PDF].

Tarixi

Koʻp yillar davomida Yangi Zelandiya iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligining yung, goʻsht, va sut mahsulotalari ishlab chiqarish kabi tor sohalariga ixtisoslashgan edi. 1850-yillardan to 1970-yillargacha ushbu mahsulotlar Yangi Zelandiyaning eng qimmatli eksport tovarlari boʻlib, Yangi Zelandiyaning iqtisodiy muvaffaqiyatini belgilab bergan. Misol uchun, 1920-yildan 1930-yilning oxirlarigacha, sut mahsulotlarining eksport kvotasi jami eksportning odatda 35%ini egallagan va baʼzi yillari esa bu koʻrsatkich 45%gacha ham yetib borgan. Ushbu mahsulotlarga nisbatan talabning yuqoriligi 1951-yilgi iqtisodiy portlashda oʻzini aksini topgan. Bu paytda Yangi Zelandiya oʻtgan 70 yil davomidagi dunyoning eng yuqori yashash standartlariga ega boʻldi.

1960-yillarda ushbu tovarlar narxi qulay boshladi, va 1973-yilda Birlashgan Qirollikning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga qoʻshilishi Yangi Zelandiyaning Qirollik bilan imtiyozli savdo shartnomasining tugatilishiga olib keldi. Bu ham 1970-yildan 1990-yilgacha Yangi Zelandiyaning kishi boshiga YaIM(moslangan Xarid Qobiliyati Pariteti boʻyich)i OECDning oʻrtacha koʻrsatchkichining 115%idan 80%igacha qulashiga qisman sabab boʻlgan.

1984- va 1993-yillar oraligʻida Yangi Zelandiya nisbatan yopiq va markazlashgan iqtisodiyotdan OECD tarkibidagi eng ochiq iqtisodiyotga aylandi. Koʻpincha Yangi Zelandiyada Rogernomics deb ataladigan ushbu jarayonda keyingi hukumatlar iqtidisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirdi.

2005-yil Jahon Banki Yangi Zelandiyani dunyodagi biznes yuritish uchun eng qulay davlat deb atagan. Iqtisodiyot diversifikatsiyalashdi va 2008-yilga qadar turizm mamlakatning eng asosiy va katta valyuta yaratadigan sohasiga aylandi.

Dastlabki yillar Yangi Zelandiyaning yevropaliklar tomonidan koloniyallashtirilishiga qadar Maori xalqi natural xoʻjalikka asoslangan iqtisodiyotga ega edi, ushbu iqtisodiyot hapū kabi sodda birliklardan iborat boʻlgan. 1790-yillardan boshlab ingliz, fransuz, amerikaliklarning kit va tulen ovlovchi hamda savdo kemalari Yangi Zelandiya suvlariga kela boshladi. Ularning ekipaji miltiq va metall buyumlar kabi yevropa mahsulotlarini Maorilarga oziq-ovqat, yogʻoch, zigʻir uchun ayirboshlagan. Yevropaliklarning oʻsayotgan qonunsizligi va Yangi Zelandiya Company tomonidan Yangi Zelandiyani qonuniy koloniyaga aylantirish rejalari 1840-yilda Yangi Zelandiyani rasman koloniyaga aylantirishni koʻzda tutgan Waitangi Shartnomasini imzolanishiga olib kelgan ikki asosiy faktor edi. Koʻchmanichilar 1860-yillargacha oziq-ovqat uchun maorilarga bogʻliq boʻlgan. Undan buyogʻiga immigrantlar fermerlik orqali oʻz-oʻzini taʼminlay oladigan darajaga yetdi va oltin kabi turli xil mineral boyliklarni qazib olishni boshladi. Koʻchmanchilarning manzilgohlari ushbu resurlarning qazib olish hududlarida atroflarida gullab-yashnadi. 1880-yillardagi oltin vasvasasi tufayli oqib kelgan sarmoyalar Dunedinni Yangi Zelandiyadagi eng boy shaharga aylantirdi.

Qoʻychilik fermalari Wairarapa hududida birinchi shakllandi va tez orada Southlandning sharqiy qirgʻoqidan to East Capega qadar tarqaldi va bu hodisa oddiy yoʻllar va transportning paydo boʻlishiga olib keldi. Fermerlik uchun yerlarning katta qismi esa maorilardan olingan edi. Qoʻylar soni juda tez oʻsdi va 1850-yillarning oʻrtalariga kelib Yangi Zelandiyada allaqachon bir million qoʻy mavjud edi, bu raqam 1870-yillarning boshiga kelib naqd 10 millionga yetdi. Dastlab Vellington manzilgohidan eksport qilingan yung esa 1850-yillargacha eng katta eksport tovariga aylandi. Muzlatilinmagan goʻsht va sut mahsulotlari eng uzogʻi Avstraliyagacha eksport qilingan.

1870-yillarda Julius Vogel koloniyaning ham gʻaznachisi ham bosh vaziri edi. U Yangi Zelandiyani Janub Britaniyasi sifatida tasvirlagan va yoʻl, temir yoʻl, telegraf va koʻpriklar infratuzilmasini rivojlantirishga davlat hisobidan katta sarmoyalar kiritishni boshladi. Bunday oʻsish City of Glasgow Bank bankining 1878-yilda qulaganidan keyin sekinladi, bu esa oʻsha vaqtdagi dunyoning moliyaviy poytaxti boʻlgan Londondan kreditlar olinishiga olib keldi. Iqtisodiy faoliyat bundan keyingi yillarda ancha pasaydi, bu jarayon 1882-yilda muzlatgichning ixtiro qilinishiga qadar davom etdi. Bu ixtiro Yangi Zelandiyaga goʻsht va boshqa muzlatilgan mahsulotlarni Birlashgan Qirollikkacha eksport qilish imkonini berdi. Muzlatgich texnologiyasi iqtisodiyotni rivojlanish yoʻlini belgilab bergan boʻlsada, bu Yangi Zelandiyaning iqtisodiy jihatdan Britaniyaga bogʻliq qilib qoʻydi.

Muzlatgich texnologiyasining muvaffaqiyati mamlakatdagi fermerlikning oʻzishiga hamda rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri sababchi edi. XIX asrda iqtisodiy faoliyat asosan Yangi Zelandiyaning Janubiy Orolida sodir boʻlardi. 1900-yillardan boshlab qoʻychilikka noqulay boʻlgan Shimoliy, Waikato va Taranaki orollarida ham sutchilik fermerligi shakllana boshladi. Sutchilik rivojlangani sari Shimoliy Orol ham iqtisodiyotning muhim qismiga aylanib bordi. Orollardagi yer ishlovi va fermerlikning oʻsishi natijasida Britaniya goʻsht va boshqa hayvon mahsulotlari uchun yagona bozorga aylandi. Sutchilik fermerligining shakllanishi Yevropadagi kuchli bozor talabiga javob sifatida koʻrish mumkin. Bu esa nafaqat Yangi Zelandiya qishloq xoʻjaligini, iqtisodini, va ishlab chiqarish texnikalarini keskin oʻzgartirdi, balki sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mehnat migratsiyasiga ham olib kedli.

XX asr 1934-yil 1-avgust kuni Yangi Zelandiya Rezerv Banki Yangi Zelandiyaning markaziy banki sifatida tashkil etildi. Yangi Zelandiya valyuta siyosati Birlashgan Qirollik toominidan belgilanishiga qadar, Yangi Zelandiya funti xususiy banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan. Mustaqil markaziy bank Yangi Zelandiya hukumatiga birinchi marta valyuta siyosati ustidan nazoratni berdi. Yangi Zelandiya 1967-yil Yangi Zelandiya dollarini muomalaga kiritishiga qadar valyutasi sterling hududi ichida edi va bu esa Yangi Zelandiya funtini Britaniya funt sterlinggiga bogʻlaganligini anglatardi. 1967-yilda Yangi Zelandiya dollarining muomalaga kiritildi va uning qiymati AQSh dollariga bogʻlandi.

XX asrning oʻrtalariga kelib chorvachilik mahsulotlari Yangi Zelandiya eksportining 90%idan koʻpini tashkil etgan va 1950-yillarda ushbu eksportning 65%i Britaniya bozoriga ketardi. Kafolatlangan narxlar va ishonchli bozor Yangi Zelandiyaning boshqa davlatlardan import mahsulotlariga yuqori tariflar qoʻyishiga olib keldi. Kuchli import nazorati mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oʻxshash mahsulotlarni mahalliy darajada ishlab chiqarish imkonini berdi, natijada Yangi Zelandiyada mavjud boʻsh ish oʻrinlari bazasini kengaydi va bir vaqtning oʻzida chet-elning yuqori narxdagi tovarlari bilan raqobatlashishini taʼminaldi.

Bu farovonlik darajasi 1955-yilda Britaniyaning Yangi Zelandiya eksportiga nisbatan kafolatli narxlar siyosatini toʻxtatishiga qadar davom etdi. Bundan buyogʻiga Yangi Zelandiya eksport daromadini erkin bozor belgilay boshladi. 1950- va 1960-yillar davomida eksport sektori endi Yangi Zelandiyaning oʻsib borayotgan istemolchilik madaniyati talab qilayotgan import darajasini qoplay olmasdi, va natijada mamlakatning yashash standartlari pasayishni boshladi.

Britaniya 1961-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga qoʻshilish uchun ariza topshiradi, ammo arizaga Fransiya tomonidan veto beriladi. Keith Holyoake hukumati bunga Yangi Zelandiya eksport bozorlarini diversifikatsiyalash harakatlari orqali javob beradi. 1965-yilda erkin savdo shartnomasi (Avstraliya Yangi Zelandiya Erkin Savdo Shartnomasi)ni imzolashi, va Gong Kong, Jakarta, Saygon, Los-Anjeles and San Francisco shaharlarida yangi diplomatik vakolatxonalarni ochishi ushbu harakatlardan bir qismidir. 1967-yilda Britaniya YIIga kirish uchun yana ariza topshiradi, va 1970-yilda aʼzolik shartlari boʻyichaa muzokaraga kirishadi. Holyoakening oʻrinbosari Jack Marshall (1972-yil vaqtinchalik Bosh Vazir boʻlgan) Yangi Zelandiya eksport tovarlarining Birlashgan Qirollikka davomiy kirishini nazarda tutgan „Lyuksemburg Shartnomasi“ni imzolashga erishadi.

1973-yil 1-yanvarda Britaniya YIIga toʻliq aʼzolikni qoʻlga kiritadi, va Lyuksemburg Shartnomasidan tashqari Yangi Zelandiya bilan tuzilgan hamma savdo shartnomalarini tugatadi. Ushbu yilning oxiriga kelib Yangi Zelandiyaning faqatgina 26.8% eksporti Britaniya hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa yashash standartlariga katta taʼsir koʻrsatadi. 1953-yilda Yangi Zelandiya dunyodagi eng yuqori uchinchi yashash standartiga ega davlat edi. 1978-yilga kelib bu koʻrsatkich 22-oʻringa tushib ketadi.

Oʻzining doimiy bozoriga cheklanmagan kirish huquqidan ayrilgan Yangi Zelandiya muqobil eksport bozorlarini qidirishni va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashni davom ettirdi. Marshallni oʻrnini egallagan Norman Kirk hukumati who succeeded Marshall, put greater emphasis on expanding Yangi Zelandiya tashqi savdosini kengaytirishga yanada katta urgʻu bera boshladi, ayniqsa Janubi-sharqiy Osiyo bilan. 1973-yil oktyabrdagi Arab-Isroil urushi oʻlaroq Yaqin Sharqlik neft ekportchilari neft embargosini eʼlon qiladi. Bu esa 1973-yilgi neft inqiroziga sabab boʻladi va Yangi Zelandiyaning achinarli ahvoldagi iqtisodiy holatini yanada yomonlashtirdi. Transport va import mahsulotlari narxining keskin koʻtarilishi inflatsiyani juda ham oʻstirib yubordi, bu esa yashash standartlarining qulashiga olib keldi.

Think Big Erondagi Islom Inqilobi natijasida yuzaga kelgan 1979-yilgi energiya inqirozi oʻsha davrda(1975-va1984-)gi mamlakatning bosh vaziri Robert Muldoon Think Big nomli iqtisodiy strategiyasini joriy etadi. Yangi Zelandiyaning boy tabiiy gazi uchun yirik hajmdagi sanoat zavodlari quriladi. Eksport uchun yangi turdagi mahsulotlar paydo boʻladi, jumladan ammiak, karbamid oʻgʻitlari, metanol va benzin ishlab chiqarildi. Yangi Zelandiyaning neft importiga qaramligini oldini olish uchun yuqoridagi islohotlar amalga oshirildi va bu maqsad yoʻlida elektrdan foydlanish kengaytirildi. Misol uchun shu maqsad yoʻlida Yangi Zelandiyaning North Island Main Trunk temir yoʻli elektrlashtirildi.