Nosvoy (pushtuncha: نسوار, hindcha: नसवार, shuningdek, nās (ناس), nāsor (ناسور) yoki nasvay (نسوای) nomlari bilan ham ataladi) – nam, kukun holidagi tamaki mahsuloti. Asosan Afgʻoniston, Eron, Pokiston, Hindiston va Oʻrta osiyo davlatlarida isteʼmol qilinadi. Nosvoy ogʻizning pastki qismiga, til ostiga yoki labning ichki qismiga qoʻyiladi. Shu holatda til ostida 15-30 daqiqa oraligʻida chekish Butt usuli deb nomlanadi. Bu tamaki maxsuli Nosvoy chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi. Nosvoy chekish ogʻiz boʻshligʻida kelib chiqishi mumkin boʻlgan saraton sababchisi boʻlishi mumkin. Maʼlum boʻlgan tibbiy nojoʻya taʼsirlari tufayli tavsiya etilmaydi.
Yana qarang
Tamaki
Manbalar
Turkum:Tamaki mahsulotlari Turkum:Afgʻonistonda tamaki Turkum:Pushtun madaniyati