Milne Bay Papua-Yangi Gvineyadagi provinsiyadir. Poytaxti — Alotau. Viloyat 14,345 km² quruqlik va 252,990 km² dengizni egallaydi, viloyat hududida 600 dan ortiq orollar mavjud boʻlib, ulardan 160 ga yaqinida aholi yashaydi. Viloyatda 276 000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi, ular 48 ga yaqin tilda soʻzlashadi, ularning aksariyati avstroneziya tillari oilasining Sharqiy Malayo-Polineziya boʻlimiga tegishli. Iqtisodiy jihatdan viloyat turizm, palma yogʻi va Misima orolida oltin qazib olish bilan bogʻliq; bu yirik tarmoqlarga qoʻshimcha ravishda kakao va kopra etishtirish boʻyicha koʻplab kichik qishloq loyihalari mavjud. Viloyatda Milne koʻrfazida Ikkinchi jahon urushi jangi boʻlib oʻtdi. Geografiya va Tabiat Orollar olami Provinisiya tarkibi 600 dan ortiq orol boʻlib, ulardan eng mashxurlari Troriand, D’Entrecasteaux, Woodlark va Louisiade arxipelaglaridir. Dengiz biologik xilma-xilligi Milne Bay „Marjon uchburchagi“ (Coral Triangle)hududida joylahsgan boʻlib, dunyodagi eng toza va turli-tuman marjon riflariga ega. Bu yerda gʻavvoslar (dayverlar) uchun haqiqiy jannat hisoblanadi. Madaniyat va Anʼanalari Kula almashinuvi Bu yerda „Kula ring“ deb ataladigan noyib marosimli almashinuv tizimi mavjud. Odamlar orol boʻylab kanoelarda suzib, ijtimoiy mavqe va doʻstlikni mustaxkamlash uchun qizil chigʻanoqli boʻyinbogʻlar va oq bilaguzuklarni almashadilar. Matrilineal jamiyati Koʻpgina mahalliy jamoalarda meros va nasil-nasab ona tomonidan belgilanadi (matrilineal tuzum). Kenu va Kundu festivali Har yili Alotauda oʻtkaziladigan ushbu festivalda anʼanaviy kanoe (kenu) poygalari va baraban (kundu) sadolari ostida raqslar namoyish etiladi. Tarixiy ahamiyati Ikkinchi jahon urush 1942-yilning avgust -sentabr oylarida sodir boʻlgan Milne Bay jangi tarixda muhim iz qoldirgan. Bu jangda ittifoqchi kuchlar Yaponiya quruqlikdagi qoʻshinlarining birinchi yirik magʻlubiyatini taʼminlangan. Eski markaz Samarai oroli oʻz vaqtida provinsiyaning iqtisodiy markazi va yirik savdo porti boʻlgan. Iqtisodiyoti Hudud iqtisodiyoti asosan palma yogʻi ishlab chiqarish, turizm va kichik hajmdagi kakao hamda kopra (quritilgan kokos magʻizi) yetishtirishga tayanadi. Misima orolida ilgari yirik oltin koniham mavjud boʻlgan.
Manbalar