Autas jangi () – musulmon kuchlari ishtirok etgan ilk jang. 630-yil Hunayn jangidan keyin, Toif qamalidan biroz avval Autasda sodir boʻlgan. Muhammad Autasga qabilalar ittifoqiga qarshi 12 000 nafar jangchi bilan yurish qilish uchun kelganida Ularga qarshi pistirma qoʻyilgan va raqib tomon musulmonlarga qarata oʻq yogʻdirgan. Biroq shunga qaramay, ushbu jangda musulmonlar gʻalaba qozonishgan.
Tarixi Muhammadga dushman boʻlgan togʻ qabilalari unga hujum qilish uchun ittifoq tuzganlar.
Ittifoq Saqiflar, Havozinlar, Joshimiylar, Saadiylar va boshqa bir qancha togʻlik qabilalardan iborat edi. Islom anʼanalariga koʻra, Muhammadning bolaligi Banu Saʼd vodiysida oʻtgan va u yerda farishta tomonidan poklangan. Note: A Full version of this book is available free on Google books.
Saqiflar Allohga sigʻinadigan mushriklar edi. Ular Toifning mahsuldor hududini nazorat qilganlar, shuningdek, Muhammad Islomni birinchi marta targʻib qilayotgan paytda Toifda uni toshboʻron qilib, jamoat maydonidan quvib chiqargan qabila edi.
Jang Muhammad 12 000 kishi bilan Autasga boradi. Musulmon qoʻshini Hunayn vodiysidan oʻtayotganda bir guruh dushman qabilalar ularni oʻqqa tutadi.
Kutilmagan hujumdan vahimaga tushgan jangchilarning deyarli barchasi qochib ketadi. Muhammadning yonida esa faqatgina toʻqqiz kishi qoladi. Biroz vaqt oʻtgach, musulmon jangchilari yana qayta toʻplanib, Muhammadning atrofida jam boʻlishadi. Keyin ular Autasga yurish qilishadi, toʻqnashuvdan soʻng ittifoqchi qabilalar magʻlubiyatga uchraydi va musulmonlar katta miqdordagi urush oʻljalarini qoʻlga kiritadilar Page 31 in which volume?.
Manbalar
Turkum:630 Turkum:Muhammad boshchiligidagi yurishlar