Marhab ibn al-Horis () – Islom dini paygʻambari Muhammadning muxolifi. Xaybar jangida ishtirok etgan mashhur jangchi.
Hayoti Marhab ibn al-Horis janglardagi qoʻmondonlik mahorati bilan bir qatordaNadwi, Abul Hasan. „Al-Sirah Al-Nabawyiah“. Ibn Kathir publication. Damascus. page 424 shoir ham boʻlganAli, Jawad. „Al-Mufasal Fi Tarikh Al-Arab“. Dar Al-Saqi Publication. 2001. volume 18 page 354. Boʻylari baland va bahaybatMohammad-Baqer Majlesi, Bihār al-Anwār, Al-Wafa Publication, Beirut, (1983), volume 21 page 9, jasur va boy kishi edi.
Ajdodi Baʼzi tarixchilar keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Mahrab ibn al-Horis va uning singlisi asli isroillik boʻlganal-'Asqalani, Ibn Hajar. „al-Isaba fi tamyiz al-Sahaba“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah Publication. Beirut. volume 8 page 155, baʼzi tarixchilar uni himyariylardan deb hisoblashganAl-Suhayli. al-Rawḍ al-unuf fī šarḥ al-sīra al-Nabawiyya li-Ibn Hišām. wa-maʿahu al-Sīra al-Nabawiyya. Dar Ehya Al-Turath Al-Arabi Publication. Beirut. (2000). volume 7 page 98.
Xaybar jangi 628-yilda Xaybar vohasida yashovchi musulmonlar va yahudiylar oʻrtasida Xaybar jangi boʻlib oʻtadi. Marhab oʻsha jangda yahudiy qoʻshinining qoʻmondoni sifatida jang qiladi. Musulmon tarixchisi Shayx Mufid: „Musulmonlardan Ali ibn Abu Tolibdan boshqa hech kim unga qarshi tura olmaydi“, deydiDiyar Bakari. „Tarikh al-khamis fi ahwal anfansi nafis“. Dar Sader Publication. Beirut. volume 2 page 50.
Oʻlimi Marhabning onasi folbin edi, u Marhabni arslon maʼnosini bildiruvchi nom bilan ataladigan kishidan boshqa hech kim oʻldira olmaydi deb bashorat qilganMohammad-Baqer Majlesi, Bihār al-Anwār, Al-Wafa Publication, Beirut, (1983), volume 21 page 9al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 290. Marhab soʻnggi jangidan bir kecha oldin sherning oʻziga hujum qilganini tush koʻrganAl-Halabi, Burah Al-din. „Ensan Al-Ayoon“. Dar Al-Marifa Publication. Beirut. volume 2 page 738.
Tarixchilar Marhabning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqea haqida turlicha taʼrif berganlar. „Sahih Muslim“da yozilishicha, jangda Ali Marhabning qarshisidan chiqadi. Marhab qilichini irgʻitib, olgʻa siljiydi: „Xaybar, albatta, men Marhab ekanligimni biladi, men toʻliq qurollangan, sinovdan oʻtgan, urush boshlanganida olov alangasini yoyib yuborgan jasur jangchiman“. Unga javoban Ali: „Men onasi unga Haydar deb ism qoʻygan odamman (arslon soʻziga sinonim), yuzi dahshatga toʻla oʻrmon arsloniga oʻxshagan odamman“.
Roviylardan shunday deyiladi: „Ali Marhabning boshiga urib, uni oʻldirdi. Shuning hisobiga Xaybar qoʻlga olindi“.
Bu haqida Maqriziy ham rivoyat qiladi: „Ansoriylar Marhabning onasini uning jasadini ushlab, yigʻlayotganini koʻrganini aytdilar“Al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 292.
Manbalar
Turkum:Muhammadning muxoliflari Turkum:628-yilda vafot etganlar