„Belong to the World“ – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning Kiss Land (2013) nomli birinchi studiyaviy albomidagi qoʻshigʻi. Qoʻshiq albomning ikkinchi singli sifatida 2013-yil 16-iyulda chiqqan.

Tarixi va qoʻshiq matni 2013-yil 6-iyulda The Weeknd „Belong to the World“ni Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahridagi Mod Club teatrida keng jamoatchilikka taqdim etdi. Qoʻshiq soʻzlari notoʻgʻri odamni sevib qolish haqida boʻladi va The Weekndda bir paytlar boʻlgan jiddiy munosabatlar haqida gapiriladi.

Musiqiy video "Belong to the World" qoʻshigʻiga klip birinchi marta 2013-yil 15-iyulda MTVda namoyish etilgan. Keyinchalik u 2013-yil 16-iyul kuni YouTubedagi The Weekndning Vevo akkauntiga yuklangan. Video Yaponiyada suratga olingan boʻlib, Antony Mandler rejissyorlik qilgan. Hozirgacha u 23 million marta koʻrilgan.

Bahslar Portishead guruhidan Geoff Barrow uning „Machine Gun“ qoʻshigʻida qoʻllangan barabanli sempl ularning ruxsatisiz ishlatilinganlikda ayblashi tufayli qoʻshiq bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Keyinchalik The Weeknd ayblovlarni rad etdi va buning natijasida sudga hech qanday daʼvolar kelib tushmadi.

Chartlar +"Belong to World"ning chartlardagi oʻrni Grafik (2013)Eng yuqori oʻrin AQSH Bubling Under R&B/Hip-Hop Singles (Billboard) 7 AQSh Hot R&B Songs (Billboard) 22

Chiqarilish tarixi Hudud Sana Format Leybl(lar) Man Global 2013-yil 16-iyul Raqamli yuklab olish

Manbalar

Turkum:2013-yil qoʻshiqlari Turkum:2013-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:Kanada sinti-pop qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar