„Rangin koʻzyoshlar“ () – shoir hamda tarjimon Xosiyat Rustamga tegishli sheʼriy toʻplam. Sheʼriy toʻplam har yili „Yevrosiyo ijodiy gildiyasi“ tomonidan oʻtkaziladigan „Hertfordshire Press Awards“ marosimida „Tanqidchilar tanlovi“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan.
Chop etilishi Sheʼriy toʻplam 2020-yil 15-iyul kuni „Hertfordshire Press“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitobga soʻzboshini alban shoiri Gjekë Marinaj yozib bergan. Sheʼrlarni Aʼzam Obidov, Muhayo Qurbonova, Maftuna Raimqulova va Gulruh Islomaliyeva ingliz tiliga tarjima qilgan. Kitob muharriri mashhur ingliz yozuvchisi John Farndondir.
Mukofotlari Sheʼriy toʻplam 2020-yil Madrid shahrida 9-bor oʻtkazilgan „Open Central Asia Book Forum-2020“ tanlovining „Tanqidchilar tanlovi“ nominatsiyasida gʻolib deb topilgan. Manbalar
Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar