Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh () – Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan sahoba, Ridda urushlari (632–633) davrida Yamandagi faol musulmon qoʻmondoni.
Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al Mugʻiyra ibn Abdullohning tugʻilgandagi ismi Valid boʻlgan, keyinchalik Islom paygʻambari Muhammad uni al-Muhojir deb oʻzgartirgan.
Oilasi Al-Muhojirning otasi Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra Makkada Banu Maxzum urugʻining islomdan oldingi yetakchisi Al-Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli boʻlgan. Abu Umayya sayohatchilarga saxiyligi bilan mashhur edi va xalq orasida Zad ar-Rakb (yoʻlovchilarni taʼminlovchi) nomi bilan mashhur boʻlgan. Al-Muhojirning onasi Atika bint Amir Kinana qabilasining Firas urugʻidan boʻlib, oʻzining jangovar mahorati bilan mashhur boʻlgan. Singlisi Ummu Salama Muhammadning xotini edi. Al-Muhojir Xolid ibn Validning ota tomondan birinchi amakivachchasi boʻlgan.
Hayoti Muhammad paygʻambar al-Muhojirni Yamanning Kinda (asosan, uning Banu Muoviya boʻlimi) va Sadif qabilalariga soliq yigʻuvchi qilib tayinlagan. Al-Muhojir kindiy zodagon ayol, Muhammadning sobiq xotini Asmo bint an-Nu’mon ibn Abu al-Javnga uylangan, keyinchalik esa Asmo al-Muhojirning qarindoshi Ikrima ibn Abu Jahlga turmushga chiqqan. 631-yilda Muhammad al-Muhojirni Yamanning asosiy shahri Sanoga hokim etib tayinlaydi, biroq u ushbu lavozimni qabul qilmaydi va 632-yilda xalifa Abu Bakr Siddiq taxtga kelguniga qadar Madinada qoladi.
Abu Bakr al-Muhojirni Yaman hokimi Ziyod ibn Labid al-Ansoriyni qoʻllab-quvvatlash va Ridda urushlari paytida Hazramavtdagi (Janubiy Arabiston qirgʻoq mintaqasi) Kinda qabilasi Banu Muoviya qoʻzgʻolonini bostirish uchun yuboradi. Kinda qabiasi oxir-oqibat al-Muhojir va Ikrimaga taslim boʻladi.
Manbalar
Bibliografiya
Turkum:Sahobalar Turkum:Banu Maxzum Turkum:Ridda urushlarida ishtirok etgan kishilar Turkum:Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Roshidun xalifaligi generallari