Gavhar Ibodullayeva Inoyatovna – taniqli shoira, pedagog. Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashi deputati. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Biografiyasi Ibodullayeva Gavhar Inoyatovna 1961-yil 18-sentabrda Turkmaniston Respublikasi, Tashavuz viloyatida tugʻilgan. 1983-yilda Xorazm pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan. 1983–1998-yillarda Yangibozor tumanidagi 19-son maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1994-yildan Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan. 1998-yilda Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbarligiga tayinlangan.

Ijodi

Uning qalamiga mansub „Qutlugʻ soʻzlar“ (1993), „Bir vujud sogʻinch“ (1995), „Yuragimda yashayotgan sir“, „Vatan siyrati“ kabi sheʼriy toʻplam va saylanmalar muallifi. Mukofotlari

1994-yil „Xalq taʼlimi aʼlochisi“

1997-yil „Shuhrat“ medali ,

2000-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni,

2003-yil „El-yurt hurmati“ ordeni,

2011-yil „Mustaqillikning 20 yilligi“ nishoni

2016-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvonlari

Manbalar