Al-Jomiya al-Islomiya Dorul Ulum Vaqf Deoband (Dorul Ulum Vaqf nomi bilan tanilgan) Hindistonning Deoband shahrida joylashgan islom seminariyasidir. U 1980-1982-yillardagi Dorul Ulum Deoband maʼmuriyatidagi kelishmovchiliklar natijasida 1982-yilda Muhammad Salim Qosmiy va Anzarshoh Kashmiriy boshchiligidagi olimlar tomonidan tashkil etilgan. 2021-yildan boshlab uning rektori Muhammad Sufyon Qasmiy hisoblanadi.
Tarixi 1980 va 1982-yillar oraligʻida Dorul Ulum Deoband maʼmuriy nizolarni boshdan kechirdi. Muhammad Taqi Usmoniy bu holatlarni muassasa tarixidagi eng yomoni deb hisobladi. Bu tortishuvlar uning ikkiga boʻlinishiga olib keldi. Dorul Ulum Deoband Asad Madniy boshchiligidagi Madniylar nazorati ostida qoldi, Muhammad Salim Qosmiy va Anzarshoh Kashmiriy boshchiligidagi boshqa guruh esa 1982-yilda Dorul Ulum Vaqf nomli yangi madrasa tashkil etishdi. Uning birinchi rektori Muhammad Salim Qosmiy boʻlgan. 2014-yil 3-sentyabr kuni Dorul Ulum Vaqf maslahat kengashi Muhammad Sufyon Qasmiyni rektor etib tayinlagan. center|thumb| Dorul Ulum vaqfdagi Atyabul Masjidi Seminariya urdu tilida har oylik „Nidaʼe Darul Ulum Vaq“f jurnalini va yiliga ikki marta chiqadigan arabcha „Vahdat al-Ummah“ jurnalini nashr etadi. U har chorakda bir marta ingliz tilida „Voice of Darul Uloom (Dorul Ulum ovozi)“ nomli jurnalni nashr etadi. Unda „Hujjatul Islom akademiyasi“ nomli tadqiqot boʻlimi mavjud. Akademiya zamonaviy talablarga javob berish va Muhammad Qosim Nanautavi mafkurasi va nutqlarini soddalash tarzda tushuntirish maqsadida tashkil qilingan. „Hayyat-i-Tayyib“ Muhammad Toyib Qosmiyning tarjimai holi uning dastlabki nashrlari qatoriga kiradi, asar muallifi Gʻulom Nabiy Kashmiriydir.
Bitiruvchilari
Gʻulom Nabi Kashmiriy
Yana qarang
Jomiy Imom Muhammad Anvarshoh, Deoband Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Hindistondagi islomiy universitet va kollejlar Turkum:Deoband Turkum:Hindistondagi madrasalar Turkum:Hindistonda islomiy taʼlim Turkum:Deobandiy madrasalar