Al-Souk al-Kabir (; shuningdek, Souk al-Kabir yoki Meena bozori deb ham ataladi) – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Dubay shahrida joylashgan turar-joy hududi. Al-Souk al-Kabir Bur Dubay hududida joylashgan boʻlib, bu yerda, asosan, Janubiy Osiyo aholisi istiqomat qiladi. Al-Souk al-Kabir bir qancha restoranlar va doʻkonlarga ega boʻlgan shaharning eng qadimgi turar-joy hududlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy Pokiston va Hindiston hamjamiyatlari tomonidan Meena bozori deb atalgan hudud Dubayning tarixiy al-Bastakiya tumanini ham qamrab oladi.

Diqqatga sazovor joylari Al-Souk al-Kabirning muhim diqqatga sazovor joylariga al-Bastakiya tumani, al-Fahidi qal’asi, Dubay muzeyi, Baroda banki va Dubayning hind ibodatxonasi kiradi.

Tarixi Bur Dubay () Dubayning eng qadimgi tarixiy mahallasi hisoblanadi. Al-Souq al-Khabir (Meena bozori) hududning shimolida, Dubay Creek yaqinida joylashgan. Bani Yas qabilasi XIX asrda aynan shu hududda qoʻnim topgan. Bu hudud Dubayning marvarid va baliqchilik sanoatida ham muhim rol oʻynagan.

Zamonaviy davr Al-Souk al-Kabir, asosan, Janubiy Osiyo moda olamidagi muhim liboslar va aksessuarlarni sotuvchi koʻplab toʻqimachilik doʻkonlari va bozorlari bilan mashhur. Shuningdek, hududda tikuvchilik, tilla doʻkonlari, elektronika va boshqa kichik korxonalar, turli xil oziq-ovqat doʻkonlari, restoran va kafelar ham faoliyat yuritadi.

Manbalar

Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda