Aymen Husayn Gʻazbon (; 1996-yil 21-yanvar) – iroqlik professional futbolchi, Iroq Premyer-ligasining „Al-Quva Al-Javiya“ klubi va Iroq terma jamoasi hujumchisi.

Klub faoliyati

Al Shorta 2017-yil 22-avgustda Husayn Iroqning „Al Shorta“ klubi bilan shartnoma imzoladi. U 21-noyabr kuni debyutini oʻtkazdi va birinchi oʻyinda „Karbalo“ jamoasiga qarshi oʻyinda gol urdi. U ikkinchi oʻyinida ikkita gol urdi, „Al-Bahri“ jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan Keyinchalik yana ikkita oʻyinda gol urdi va oʻzining golli rekordini ketma-ket toʻrtta oʻyinga yetkazgan. Beshinchi oʻyinda Aymen soʻnggi daqiqada penaltidan gol urolmadi va gollar seriyasini tugatdi. Aymen 2018-yilda Xitoyda boʻlib oʻtadigan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Iroq U-23 jamoasiga qoʻshilish uchun Al-Shorta jamoasini tark etgan. Musoboqadan qaytganidan soʻng „Al Shoʻrta“ klubini tark etadi.

Al Naft 2018-yilning 2-fevralida u oʻzining sobiq klubi „Al-Naft“ klubiga sevimli murabbiyi Hasan Ahmad bilan qaytgan. Aymen „Al Naft“ jamoasi bilan birinchi oʻyinini „Al-Hudood“ FC gklubia qarshi boshladi. U „Al Naft“ bilan mavsumni ligada 22 oʻyinda 11 gol bilan yakunlagan. Jamoa 3-oʻrinni egalladi. CS Sfaxien klubiga qarshi 1-1 oʻyinidan keyin kelishmovchiliklar tufayli „Al-Naft“ jamoasidan ketgan.

CS Sfaxien 2018-yilning 15-sentyabr kuni Tunisning „Sfaksien“ klubi yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Aymen bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Ummu Salal 2021-yilning yozida Aymen Qatarning Umm Salal jamoasiga qoʻshilgan.

Raja CA 2023-yil 23-avgustda u Marokashning Raja CA jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi ishtirok Aymen ilk bor Iroqni 2015-yilda himoya qilgan, Iroq U-23 terma jamoasida oʻynagan. U 2016-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo kubogiga chaqirilgan edi. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida gʻalaba golini urdi va Iroq bronza medalini qoʻlga kiritdi. Natijada Iroq 2016-yilgi Rio Olimpiada oʻyinlariga Yoʻllanma oldi. Aymen Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jarohat olib, musoboqaga borishiga toʻsqinlik qildi. Keyingi yili Aymen 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etdi va Afgʻonistonga qarshi birinchi oʻyinda 5 ta gol urgan. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni darvozasiga yana bir gol urdi va Iroq uch oʻyinda ham gʻalaba qozondi va 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi. Iroq chorak finalga qadar yetib bordi va Aymen turnir davomida uchta oʻyinda ikkita gol urgan.

2015-yilning 26-avgustida Aymen oʻzining milliy terma jamoadagi debyutini Livan terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. U birinchi golini 2017-yil 5-sentyabrda BAA terma jamoasiga qarshi oʻyinda jahon chempionati saralash oʻyinida kiritgan. U 23-Arab koʻrfazi kubogiga chaqirilgan va Iroq yarim finalga qadar yetib borgan.

Terma jamoada gollar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Iroqning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

№DateStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa1.5 September 2017Amman International Stadium, Amman1–01–02018 FIFA Jahon chempionati saralashi2.26 March 2019Basra International Stadium, Basra1–13–22019 Xalqaro doʻstlik chempionati3.27 January 20212–12–1Oʻrtoqlik uchrashuvi4.29 May 2021Al Fayhaa Stadium, Basra3–26–25.4–26.12 October 2021Zabeel Stadium, Dubai2–12–22022 FIFA Jahon chempionati saralashi7.1 February 2022Saida Municipal Stadium, Sidon1–01–18.18 March 2022Al-Madina Stadium, Baghdad3–13–1Oʻrtoqlik uchrashuvi9.29 March 2022Al-Rashid Stadium, Dubai1–11–12022 FIFA Jahon chempionati saralashi10.23 September 2022King Abdullah II Stadium, Amman1–11–12022 Iordaniya xalqaro turniri11.26 September 2022Amman International Stadium, Amman1–01–012.12 January 2023Basra International Stadium, Basra3–05–025-Arab koʻrfazi kubogi13.4–014.16 January 20232–12–115.7 September 2023700th Anniversary Stadium, Chiang Mai2–22–2Qirol kubogi 202316.10 September 20231–02–217.17 October 2023Amman International Stadium, Amman1–12–22023 Iordaniya xalqaro turniri18.15 January 2024Ahmad bin Ali Stadium, Al Rayyan3–13–1AFC Osiyo Kubogi 202319.19 January 2024Education City Stadium, Al Rayyan1–02–120.2–0

Oʻyin uslubi Aymen hujumning oldida oʻynay oladigan tipik toʻliq hujumchi sifatida koʻriladi. Uning qobilyati yuqori darajada baxolanmagan boʻlsada, lekin uning toʻpurarlik hislati koʻpchilikni hayron qoldirgan. Uning oʻng oyogʻi kuchli zarbaga ega. U oʻzining katta boʻyi, jismoniy kuchi va mehnatsevarligi bilan ham mashhur. 2015-yildan beri u sobiq xalqaro hujumchi iroqlik Yunis Mahmudning eng yaxshi merosxoʻri sifatida koʻrilmoqda.

Shaxsiy hayot Aymen 1996-yilda Kirkukning janubi-gʻarbiy qismidagi Ar-Riyod tumanidagi Al-Safra qishlogʻida tugʻilgan. Qishloq IShID nazorat ostida boʻlgan Havija tumanida joylashgan edi. IShIDga qarshi bu hududda 2014-yildan 2017-yilgacha koalitsiya tarafidan havo hujumlari amalga oshirilgan. Isyonchilar 2003-yilda Saddam Husayn hokimiyatdan agʻdarilganidan beri qishloqdagi neft quvurlarini tez-tez nishonga olgan va har kuni bomba oʻrnatilgan avtomobillar va qoʻlbola portlovchi qurilmalar Aymenlar hayotining oddiy qismidir. Uning otasi, Iroq armiyasida ofitser, 2008-yilda Al-Qoida terroristik hujumi natijasida oʻldirilgan. Uning akasi IShID tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va uning qayerdaligi hozircha nomaʼlum. Oilasining qolgan aʼzolari 2014-yilda Iroqning xavfsiz hududlariga koʻchirilgan edi.

Yutuqlar CS Sfaxien

Tunis kubogi : 2018/2019

Al-Quva al-Javiya

Iroq Premer-ligasi : 2020/2021 Iroq Angliya kubogi : 2020/2021

Iroq

Arab koʻrfazi kubogi : 2023

Individual

Iroq Premer-ligasi toʻpurari: 2020/2021 (22 gol) Koʻrfaz kubogi qoʻshma toʻpurari: 2023 (3 gol)

Manbalar

Havolalar

Aymen Hussein at CS Sfaxien

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Iroqlik erkak futbolchilar Turkum:Duhok SC futbolchilari Turkum:Al-Naft SC futbolchilari Turkum:Al-Shorta SC futbolchilari Turkum:CS Sfaxien futbolchilari Turkum:Al-Quwa Al-Jawiya futbolchilari Turkum:Umm Salal SC futbolchilari Turkum:Al Jazira Club futbolchilari Turkum:Raja CA futbolchilari Turkum:Al-Markhiya SC futbolchilari Turkum:Al-Khor SC futbolchilari Turkum:Al-Vakrah SC futbolchilari Turkum:Al-Karma SC futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Iroqlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Marokashdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari