Al-Fahlayn () – Ras al-Xayma amirligidagi aholi punkti, anʼanaviy ravishda, asosan, Naqbiyin qabilasi aʼzolari istiqomat qiladi.
Tarixi Janubga tutashgan Xatt qishlogʻi bilan birgalikda al-Fahlayn qishlogʻi ham XIX asrdagi Ras al-Xayma hukmdori al-Qosimiy shayxligining bir qismini tashkil etgan va 1820 yilda inglizlar bilan umumiy dengiz shartnomasini imzolagan.
1819-yilda Bombeydan tashrif buyurgan bir qancha shaxslar tomonidan olib borilgsn ekspeditsiya paytida ingliz qoʻshinlari Ras al-Xaymani talon-taroj qilishdi va Hasan bin Rahma Britaniya garnizoni boʻlgan Ras al-Xayma shahrini berish toʻgʻrisidagi dastlabki kelishuvni imzoladi. 1820-yilgi shartnomani „Sobiq Ras al-Xayma boʻlgan Hatt va Falna shayxi“ sifatida imzoladi. Hatt hozirgi Xatt, Falna esa Fahlayn shahri hisoblanadi.
Fahlayndagi masjid al-Badiya masjidi bilan taqqoslanadi va Ras al-Xaymadagi eng qadimgi masjid ekanligi aytiladi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, masjidning qurilgan davri XVIII asrga toʻgʻri keladi. Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda