Eram bogʻi (, Bāgh-e Eram) yoki Bogʻi Eram – Eronning Sheroz shahridagi tarixiy fors bogʻi. Bogʻ va undagi bino Fors ustonidagi Xoshq daryosining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan.
Tarixi Bogʻning kelib chiqishi 12-asrga borib taqalishi taxmin qilinadi, Saljuqiylar davrida, keyinchalik Bogʻi Shoh deb nomlangan bogʻ oʻsha joyda 18-asrgacha mavjud boʻlgan. Bu bugungi kungacha saqlanib qolgan umumiy bogʻ loyihalashtirilishiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.
Hozirgi bogʻlar 19-asrda ekilgan va uning koʻshklari oʻsha paytda qurilgan. Bogʻ 1824-yilda qashqay qabilasining boshligʻi Muhammad Qolixon Elxoniy tomonidan tashkil etilganHobhouse, Penelope (2004). The Gardens of Persia. Kales Press. pp. 126–129. ISBN 978-0-9670076-6-3.. Bu vaqtda u ikkita ustun bilan mustahkamlangan old ayvonli uch qavatli turar-joy koʻshkini oʻz ichiga olgan. Mulk keyinchalik Nosir al-Mulkka sotilgan, u meʼmor Muhammad Hasanga (Nosir al-Mulk masjidida ishlagan meʼmor) pavilonni 1875—1897-yillarda hozirgi koʻrinishida qayta qurishni topshirgan.
Bugungi kunda Eram bogʻi Sheroz universitetining Sheroz botanika bogʻiDon, Monty; Moore, Derry (2018). „Bagh-e Eram“. Paradise Gardens: the world’s most beautiful Islamic gardens. John Murray Press. ISBN 978-1-4736-6650-4. tarkibiga kiradi. Tarixiy landshaft bogʻi sifatida jamoatchilikka ochiq. Jahon merosi obyekti boʻlib, Eronning Madaniy meros tashkiloti tomonidan himoyalanadi.
Galereya
Yana qarang
Fors bogʻlari
Manbalar
Havolalar
https://web.archive.org/web/20140922071450/http://www.eramgarden.org/ https://web.archive.org/web/20131219025742/http://eramgarden.shirazu.ac.ir/ Eron turizm markazi: Eram bogʻi
Turkum:Sherozdagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Sherozdagi bino va inshootlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Eron botanika bogʻlari Turkum:Erondagi Jahon merosi obyektlari Turkum:Eron muzeylari Turkum:Erondagi fors bogʻlari