Mirzo Husayn Afandi Qayibov (; ) – adabiyotshunos, publitsist, maʼrifatparvar va Kavkaz muftiysi (1884–1917). Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asar muallifi.
Yoshligi Mirzo Husayn 1830-yilda Aşağı Salahlı qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Mulla Yusuf qishloq mullasi edi. Ammo u yoshligida yetim qolib, qishloq mullasi – amakisi Ibrohim qoʻlida ulgʻaygan. Boshlangʻich taʼlimni ustoz Muhammad Musazodadan olgan. Diniy ilmlarni, arab, fors va turk tillarini, Sharq adabiyoti va tarixini yaxshi bilgan. Oʻqishni tugatgach, 1847–1857-yillarda oʻz ona qishlogʻida oʻqituvchi boʻlib ishladi.
Faoliyati Qayibov 1857-yil 25-iyulda Kavkaz muftiysi Muhammad Afandi (1857–1872) huzurida Tbilisidagi uch yillik musulmon maktabida ishga qabul qilingan. 1858-yilning fevralida u bu yerda shariat va sharq tillaridan dars bera boshlagan. U bu davrda Tbilisida yashagan Kavkazning koʻzga koʻringan ziyolilari boʻlgan Mirza Oxundov va Chavchavadzelar bilan doʻstlashgan. 1864-yil 31-yanvardan 1858 rubl ish haqi bilan gubernatorlik kotibi lavozimiga koʻtarilgan. 1878-yil 16-fevralda faol korpus qoʻmondoni ixtiyorida turk tilidan tarjimonlik qilish uchun Arzirumga yuborilgan.
Keyinchalik 1879-yilda Kavkazorti oʻqituvchilar seminariyasiga ishga oʻtdi. Tbilisida oʻz mablagʻi hisobidan kambagʻallar uchun maktab ochgan va arab va fors tillaridan birinchi muallim ishlagan. Keyinchalik, 20-asr boshlarida uni kengaytirib, olti sinfli „Muftiy-islom maktabi“ga aylantirgan. 1883-yilgacha oʻz faoliyati davomida 43 nafar ozarbayjonliklarga stipendiyalar ajratgan. 1883-yil oxirida muallimlikdan boʻshagan va Kavkaz muftiysi etib tayinlangan.
1917-yil 20-fevralda vafot etdi. Uning vafotidan keyin imperator tuzumi qulashi tufayli Kavkaz diniy boshqarmasi oʻz funksiyasini yoʻqotdi.
Ishlari Qayibov bir qancha maqola va kitoblar muallifi sifatida ham tanilgan. Musulmon madrasasiga yangi kelganlar uchun matematikadan „Masaili-ammil-hesab“ (Arifmetikaning umumiy masalalari) darsliklari va „Mabdei-talimi-sibyon“ (Oʻsmirlar uchun boshlanish) lingvistik asarini tayyorlagan. U 9 qismdan iborat „Tövsiyyətnamə“ (Tavsiyalar) kitobini yozib, unda koʻplab maqol, topishmoqlar, hikmatli soʻzlarni toʻplagan.
Ozarbayjon adabiyotiga oid 4 jildlik asarida ham Adolf Berge bilan hamkorlik qilgan. Kitobda XVIII-XIX asrlarda yashab oʻtgan 109 nafar ozarbayjon shoirlarining ijodidan namunalar keltirilgan. Kitob 1868-yilda Leipzigda nashr etilgan. Qayibovning boshqa asarlari:
„Zübtədül-Əhkamuş-şəriyyə“ (Shariat boʻyicha tanlangan hukmlar) „Nümuneyi-ləhceyi-Azərbaycan“ (Ozarbayjon dialektlaridan namunalar) „Müqəddəs tarix və sərfnəhv“ (Muqaddas tarix)
thumb|355x355px|Qayibov 1896-yilda
Manbalar
Turkum:Kavkaz musulmonlari idorasi muftiylari Turkum:1917-yilda vafot etganlar Turkum:1830-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari Turkum:3-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari Turkum:2-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari Turkum:1-darajali Avliyo Stanislaus ordeni laureatlari Turkum:Qazaxlik kishilar Turkum:1-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar Turkum:2-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar Turkum:3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlanganlar Turkum:20-asr forszabon yozuvchilari