Hulkar Abdullayeva (1983-yil 1-yun, Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek ashulachisi. Xorazm qoʻshiqlarining kuychisi. „Nihol“ mukofoti sovrindori (2006).

Hayoti Hulkar Abdullayeva 1983-yil 1-yunda Xorazmning Urganch shahrida tugʻilgan. 1990–1998-yillarda Urganchning Mirzo Ulugʻbek nomidagi 19-sonli maktabida oʻqigan. Onasi uni kelajakda raqqosa boʻlishini istab, 1993-yili 10 yoshida Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi „Meros“ ansambliga bergan. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etagan. 1998–2001-yillarda bank kollejida oʻqishini davom ettirgan. Bu davrda u ansambldagi mashgʻulotlarini ham toʻxtatib qoʻymagan. 2000-yilda kollej oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan koʻrik–tanlovda raqs yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, laureat boʻlgan. Bundan tashqari u Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻplab koʻrik-tanlovlarda oʻzining qoʻshiqlari va raqslari bilan ishtirok etgan.

Xonanda 2006-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va shu yili „Nihol“ mukofoti sovrindoriga aylangan. Uning sanʼatdagi faoliyatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, Oʻzbekiston xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Gavhar Matyoqubova va Zamira Suyunovalar ustozlik qilishgan.

2016-yilda isroillik Shani Avraham ismli qoʻshiqchi uning „Lazgi“ deb nomlangan qoʻshigʻini aytgan va shu qoʻshiqning klipidagidek Hulkar Abdullayevaga oʻxshab raqsga tushgan.

Shaxsiy hayoti Hulkar Abdullayevaning 2 qizi va 1 ta oʻgʻli bor.

Qoʻshiqlari +YilNomiShoirBastakorIzohLazgi2010Moʻylovli yigit2014Muhabbat bogʻi2015Gumon qamchiPaqa-paq2018Qora parangOlmaYuragimDardQaqir-qoLazgi afsonasiJonim maniEyasim galdiFarruh SohibXivaBum bakaVoh vohay2019Boyni bolasiÇok özledim2020Chilim chekmaSeverimBolimmaRajabboyJarqi kavish2021Na deydi?ChamanchiOʻzim bilib galdimAldama

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Urganchda tugʻilganlar Turkum:Nihol mukofoti sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar