Aziza Niyozmetova (1972-yil 27-yanvar, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR – 2018-yil 15-oktyabr Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek ashulachisi. Professional faoliyatini 1990-yilda boshlagan. „Kishmish“ nomli ilk qoʻshigʻi bilan xalq orasida tezda tanilgan. U estrada qoʻshiqlaridan tashqari, Xorazm doston va aytishuvlarini ham mahorat bilan ijro etgan. Xonandalikdan tashqari tadbirkorlik bilan ham shugʻullangan.
Aziza Niyozmetova oilada 4 qizning toʻngʻichi boʻlgan. Urganch Pedagogika bilim yurti musiqa fakultetini hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti sanʼatshunoslik fakultetini tamomlagan.
Xonandaning 6 farzandi boʻlib, ulardan 2 tasini asrab olgan. Birinchi asrab olgan farzandi Dostonni uzoq qarindoshlaridan biri qiynalib qolgani uchun, ikkinchisi — Amirani chaqaloqlik paytida onasi mehribonlik uyiga topshirish niyatida ekanligini eshitib oʻz qaramogʻiga olgan. Qolgan 4 ta farzandining ismi Nilufar Nazariy, Miraziz Nazariy, Diyora va Madina. U Madinani bachadonida oʻsimta borligi aniqlanganidan keyin, doktorning maslahatiga koʻra va xastalikdan forigʻ boʻlish maqsadida 44 yoshida dunyoga keltirgan. Keyinchalik Aziza Niyozmetova ichak saratoniga chalinib 2018-yil 15-oktyabrda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar