Omdurman islom universiteti (OIU; ) Sudanning Omdurman shahrida taxminan 800 feddanlik (3 360 000 kvadrat metr) maydonda qurilgan. Maktab oʻqitish tizimi asosan islomshunoslikka yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, muhandislik, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot kabi boshqa fanlardan ham taʼlim beriladi. Omdurman islom universiteti Islom olami universitetlari federatsiyasi aʼzosi hisoblanadi.

Tarixi Omdurman islom universiteti ilgari Omdurman ilmiy instituti deb atalgan. Omdurman ilmiy instituti zamonaviy Sudanda tashkil etilgan birinchi xususiy ilmiy institut boʻlib, koʻplab taniqli Sudan olimlari va shaxslari shu institutni bitirgan. Sudan olimlari oʻsha paytda mustamlaka hukumatidan Omdurman Ilmiy Institutini tashkil etishni soʻrashgan va rozilk olingach 1912-yilda xorijiy taʼlimga asoslangan institut tashkil qilgan. Institut Sudanda Al-Azhar tizimini qabul qilgan muntazam diniy taʼlimning boshlanishini ifodalaydi. Ilmiy institut XX asrning 60-yillari oʻrtalarida rivojlanib, keyinchalik 1965-yilda Omdurman Islom universitetiga aylangan.

Fakultetlar Omdurman islom universitetida qyidagi fakultetlar mavjud:

Tibbiyot va sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti Fan va texnologiya fakulteti Muhandislik fanlari fakulteti Qishloq xoʻjaligi fakulteti Farmatsevtika fakulteti Shariat va huquq fakulteti Tibbiyot laboratoriyalari fanlari fakulteti Iqtisodiyot fakulteti Media fakulteti Taʼlim fakulteti Kompyuter va axborot texnologiyalari fakulteti

Yana qarang

Islomiy taʼlim muassasalari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Islomiy universitet va kollejlar Turkum:Omdurman Turkum:Sudandagi universitet va kollejlar Turkum:Omdurman islom universiteti