„Pure imagination“ – 1971-yilda Willy Wonka & the Chocolate Factory (Willy Wonka va shokolad fabrikasi) filmida kuylangan qoʻshiq. Uni ingliz bastakorlari Leslie Bricusse va Anthony Newley film uchun maxsus yozishgan. U Willi Wonka rolini ijro etgan Gene Wilder tomonidan kuylangan. Bricusse qoʻshiq telefon orqali bir kunda yozilganini aytgan. Qoʻshiqda ogʻzaki tarzda aytilgan kirish soʻzlari mavjud.

Chiqarilganidan beri qoʻshiq turli xil sanʼatkorlar tomonidan yuzlab marta kover tarzda qayta kuylangan va remiks koʻrinishlari ishlangan. Asl qoʻshiq birinchi marta chiqarilganda u qadar mashhur boʻlmagan. Filmning oʻzi blokbaster emas edi va saundtrekdagi boshqa qoʻshiqlar bunisiga qaraganda yaxshiroq ijro etilgan. 1980-yillarda film televideniyening takroriy namoyishlarida paydo boʻla boshlagach, film va „Pure Imagination“ qoʻshigʻi mashhur boʻla boshladi. Garchi asl qoʻshiq hech qachon chartga kirmagan boʻlsa-da, baʼzi kover versiyalari katta mashxurlikka erishgan.

2016-yilda Wilderning oʻlimidan bir hafta oʻtgach qoʻshiq tarqalishi va sotuv hajmdagi koʻrsatkichi 1000% dan koʻproqqa koʻtarildi. Qoʻshiq televidenie, radio va ijtimoiy tarmoqlarda Wilderga bagʻishlangan tarzda takror-takror qoʻyildi. 2005-yilda suratga olingan Charlie va shokolad fabrikasi remeyk filmi uchun bu qoʻshiq umuman ishlatilmagan boʻlsa-da, qoʻshiq 2023-yilgi „Wonka“ prekvel filmida ham reklama materiallarida, ham filmning oʻzida, Timothée Chalamet tomonidan Wonka rolini ijro etish davomida kuylangan.

Koverlarning mashhur versiyalari

2005-yilda DJ Ford Jori ishtirokidagi EDM versiyasini chiqardi. U Billboard Dance Club chartida birinchi oʻrinni egalladi. 2013-yil sentyabr oyida qoʻshiq Fiona Apple tomonidan kuylangan Chipotle qisqa metrajli filmida qoʻyildi. (AQSh № 104). Ruby Arias (Emma Tremblay tomonidan tasvirlangan) Supergirl serialida „The Faithful“ epizodida maktab konserti uchun qoʻshiq koveri kuylangan. Qoʻshiqning instrumental versiyasi 2017-yilda Marvel Studiosning "Thor: Ragnarok" filmida namoyish kuylangan.

Manbalar

Havolalar

„Pure Imagination“ qoʻshigʻi va gitara akkordlari.

Turkum:Willy Wonka Turkum:1971-yil qoʻshiqlari Turkum:Shokolad sanoati Turkum:Filmlar uchun yozilgan qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar