Abu Mansur Moturudiy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan. Masjid 1992-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 2002-yil 20-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2015-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar