thumb| Afgʻoniston-Xitoy chegarasini oʻz ichiga olgan xarita Afgʻoniston va Xitoy chegarasi uzunligi boʻlgan Afgʻoniston va Xitoy oʻrtasidagi chegara. Ikki davlatning Pokistonning federal boshqaruvidagi Gilgit-Baltiston hududi bilan uch tomolama chegara nuqtasidan boshlanib, Mustogʻ tizmasi boʻylab suvayirgʻichdan keyin va Tojikiston bilan uch tomonlama chegara nuqtasida tugaydi. Bu qisqa chegara Afgʻonistonning uzoq shimoli-sharqida, mamlakatning koʻp qismidan yoki har ikki mamlakatning shahar joylaridan uzoqda, uzun va tor Vaxon koridorining oxirida joylashgan. Chegaraning Xitoy tomoni Chalachigu vodiysida joylashgan. Chegarani bir qancha togʻ dovonlari kesib oʻtadi, masalan, janubda Vaxjir dovoni va shimolda Tegermansu dovoni.

Chegaraning ikki tomoni qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar hisoblanadi: Afgʻoniston tomonida Badaxshon viloyatining Vaxon tumanidagi Vaxon milliy bogʻi va Xitoy tomonida Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni Qoshgʻar okrugi Taxtaqoʻrgʻon tojik muxtor uyezdidagi Taxtaqoʻrgʻon qoʻriqxonasidir.

Chegara yer yuzidagi eng katta vaqt mintaqasi farqini bildiradi, Afgʻoniston (UTC+4:30) va Xitoy (UTC+08:00) oʻrtasida vaqt 3,5 soatga farq qiladi.

Tarixi thumb| Afgʻoniston (yashil) va Xitoy (toʻq sariq) Chegara hududi Buyuk Ipak yoʻlidagi magistral boʻlgan. Xitoylik mashhur buddist ziyoratchi Syuan Szan bu dovonni milodiy 649-yilda Xitoyga qaytib kelganida bosib oʻtgan deb ishoniladi.

Afgʻoniston va Xitoy oʻrtasidagi chegara Buyuk oʻyin doirasida 1895-yilda inglizlar va ruslar oʻrtasidagi kelishuvga binoan oʻrnatildi, biroq xitoylar va afgʻonlar 1963-yilgacha chegara toʻgʻrisida yakuniy kelishuvga erishmagan. Afg‘oniston Qirolligi va Xitoy Xalq Respublikasi 1963-yilda oʻz chegaralarini belgilab olgan.

Taxminlarga koʻra, soʻnggi paytlarda asosiy dovon – Vaxjir dovoni baʼzan past intensivlikdagi giyohvand moddalar kontrabandasi yoʻli sifatida foydalaniladi va Afgʻonistonda yetishtirilgan afyunni Xitoyga olib oʻtish uchun ishlatiladi. 2000-yillarda Afgʻoniston bir necha bor Xitoydan iqtisodiy sabablarga koʻra yoki Tolibon qoʻzgʻoloniga qarshi kurashda muqobil taʼminot yoʻli sifatida Vaxon koridoridagi chegarani ochishni soʻragan. Biroq Xitoy, asosan, koridor bilan chegaradosh Shinjondagi tartibsizliklar tufayli qarshilik koʻrsatdiChina mulls Afghan border request. BBC News Online. June 12, 2009. 2009-yil dekabr holatiga koʻra, AQSh Xitoydan yoʻlak ochishni soʻragani xabar qilingan edi.

1990-yillardan beri Tegermansu dovonini iqtisodiy maqsadlarda kirish porti sifatida ochish boʻyicha Qashgʻar viloyati hukumati tomonidan taklif va rejalar mavjud. Biroq, u hali amalga oshirilmagan.

Geografiyasi thumb| Afgʻoniston-Xitoy chegarasi (1969), 1963-yilgi shartnomadagi koʻplab oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan 1963-yilgi shartnomaning 1-moddasida Afgʻoniston-Xitoy chegarasi janubiy chetidan boshlab tasvirlangan:

Chegaraning shimoliy nuqtasi Afgʻoniston-Xitoy-Tojikiston uch tomonlama chegara punktida Povalo-Shveykovskogo choʻqqisida () / Kokrash Kol Peak (Kekelaqukaole Peak; )Thomas L. Hughes (14 January 1964). „The Afghanistan – China Boundary Settlement“ (PDF). Razvedka va tadqiqot byurosi. pp. 1, 4. Retrieved 10 September 2021 – via CIA. The new boundary, 57 miles long,{…}and reaches Peak Kokrash Kol (called Peak Povalo Shveikovski on the Afghan map) with a height of 5,698 meters., Afgʻonistonning eng sharqiy nuqtasida joylashgan.

Chegara oʻtish joylari Tarixan ikki tomon oʻrtasidagi asosiy oʻtish joyi Vaxjir dovoni boʻlgan. Vaxjir dovoni Ipak yoʻlidan beri kamida ming yil davomida foydalanib kelingan. Vaxjir dovoni bilan bir qatorda Kichik Pomirning sharqiy chekkasida joylashgan Tegermansu dovoni ham bor.

Dovonlar yopiq, chunki Chalachigu vodiysi, Xitoy tomonidagi vodiy tashrif buyuruvchilar uchun yopiq; ammo mahalliy aholi va chorvadorlarga kirishga ruxsat berilgan.

Tarixiy xaritalar va galereya Afgʻoniston-Xitoy chegarasining ingliz tilidagi tarixiy xaritalari, 20-asr oʻrtalari va oxiri:

Yana qarang

Tojikiston va Xitoy chegarasi

Eslatmalar

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Xalqaro chegara tadqiqoti № 89 – 1969 yil 1 may Afgʻoniston – Xitoy chegarasi

Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Xitoy chegaralari Turkum:Afgʻoniston chegaralari Turkum:Afgʻoniston — Xitoy munosabatlari Turkum:Afgʻoniston va Xitoy chegarasi