Shahid tepa jome masjidi – Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yil noyabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Tarixi Masjid binosi taxminan 1995—1996-yillar oraligʻida mahalla ahli tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 1400 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 380 dona ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. Bir qavatli qilib qurilgan masjidda minoralar mavjud emas.

Manbalar

Turkum:Andijon shahridagi masjidlar