Afgʻonistondagi Marg‘ob Tumani hamda Turkmanistondagi Murgʻob tumani (Turkmaniston) bilan adashtirib yuborilmasin.
thumb|right|308px|Murgʻob tumanining janubi-gʻarbiy qismidagi Panj daryosi, tojik-afgʻon chegarasi thumb|right|308px|Murgʻob tumanining janubi-sharqiy qismidagi Pomir togʻlari, Vohon koridori yaqinida thumb|right|308px|Qorakoʻl yaqinidagi avtomobil yoʻli thumb|right|308px|Tumanning maʼmuriy markazi – Murgʻob
Murgʻob tumani () – Tojikiston Respublikasi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik, tuman. Maʼmuriy markazi – Murgʻob shaharchasi. Murgʻob tumani – Tojikistonning eng sharqiy va maʼmuriy-hududiy boʻlinishdagi eng yirik tumani (Togʻli-Badaxshonning 59,97 % i yoki Tojikiston hududining 27,19 % i) hamda Tojikiston va Markaziy Osiyoning eng baland togʻli tumanlaridan biri hisoblanadi.
Tuman 1932-yil 27-oktyabrda tashkil etilgan. Tojikiston mustaqilligi eʼlon qilingandan soʻng, 1992-yil 11-aprelda tuman qayta tashkil etilgan Togʻli-Badaxshon muxtor respublikasi tarkibiga kiritildi, biroq muxtoriyat Tojikiston Oliy Soveti tomonidan tan olinmagach, Tojikiston tarkibida qoldi.
Etimologiyasi Murgʻob tumani nomi Buxoro amirligining Murgʻob bekligi nomidan kelib chiqqan. Murgʻob soʻzining kelib chiqishi boʻyicha ikki xil taxmin bor. Birinchisi va ilmiy asoslangan versiyasiga koʻra, Murgʻob tojikcha margʻ (yaylov, dasht) + ob (suv yoki daryo) soʻzlari qoʻshilishidan paydo boʻlib, „yaylovdan oqib oʻtuvchi daryo yoki suv“ degan maʼnoni bildiradi. Ikkinchi taxminga koʻra, tojikchada „suv qushi“ (murgʻ – qush, ob – suv) maʼnosini bildiradiFehristi nomi mahalhoi Toҷikiston. – Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii Ensiklopediyai Millii Toҷik, 2013. – 332 s..
Tarixi XIX asr oʻrtalariga qadar hozirgi Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati hamda Murgʻob tumani Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi oʻrtasida boʻlingan edi. Togʻli-Badaxshonning gʻarbi Buxoro, sharqi Qoʻqon mulklari edi. Buxoro amirligiga tegishli hudud Roʻshon bekligi deb atalgan. 1870-yillarda Qoʻqon Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, 1876-yilda hozirgi Murgʻob tumani hududi va Togʻli-Badaxshon hududining bir qismi Rossiya imperiyasining yangi tashkil etilgan Fargʻona viloyati tarkibiga kiritilgan va viloyat hukumati tuzilgan.
Uzoq vaqt davomida Murgʻob qal’asi 1893-yilda Rossiya imperiyasining Pomirdagi asosiy istehkomi sifatida „Pomir posti“ nomi bilan tashkil etilgan deb hisoblangan. Qal’aning quruvchisi Serebrennikov ismli harbiy muhandis, shtabs-kapitan ekanligi aniqlandi. Boshqa, keyingi nashrlarga koʻra, Murgʻob 1903-yil 26-iyulda Pomirdagi xuddi shu nomdagi rus istehkomining yangi kazarmasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, u ilgari Kunqoʻrgʻon degan qishloqda joylashgan edi. Qal’aning quruvchisi harbiy muhandis, podpolkovnik Nikolay Nikitich Moiseyev edi. Ilgari Murgʻob qishlogʻi oʻrnida 1892–1893-yillarda „Shajon posti“ deb nomlangan istehkom boʻlgan.
1918-yil 30-aprelda tuman hududi Turkiston ASSRning Fargʻona viloyati tarkibiga kiritildi. 1924-yil 27-oktyabrdagi milliy-hududiy chegaralanish natijasida Fargʻona viloyati Qoraqirgʻiz muxtor viloyati va OʻzSSR oʻrtasida taqsimlandi. 1924-yil 14-oktyabrdan 1925-yil 2-yanvargacha Murgʻob tumani hududi Qoraqirgʻiz MV tarkibiga kiritildi. Tojikiston SSR 1929-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibidan ajralib chiqqach, Fargʻona viloyatining janubiy qismi, yaʼni hozirgi Togʻli-Badaxshon Tojikiston SSR tarkibiga kiritildi.
Tojikiston Kommunistik partiyasi Togʻli-Badaxshon viloyat qoʻmitasi byurosining 1932-yil 25-avgustdagi „Tumanlashtirish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan 1932-yil 27-oktyabrda Murgʻob tumani tashkil etildi. Tumanlashtirish natijalariga koʻra tuman Togʻli-Badaxshon tarkibiga kiritildi. 1942–1947-yillarda hozirgi Murgʻob tumani hududining bir qismida Alichur tumani (markazi – Murazbek qishlogʻi) boʻlgan. SSSR parchalanganidan keyin 1992-yil 11-aprelda Murgʻob tumani yarim mustaqil Badaxshon Muxtor Respublikasi tarkibiga kiritildi, biroq keyinchalik Tojikiston Oliy Kengashi tomonidan tan olinmagach, oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Oʻsha yili Murgʻob tumani allaqachon mustaqil boʻlgan Tojikiston Respublikasining Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati tarkibiga kiritilgan.
Aholisi va tillari 2015-yil holatiga koʻra, tumanda 14 400 kishi istiqomat qiladi. Aholining 48,5 % qismi qishloqlarda yashaydi. Murgʻob tumani rasmiy tili Tojikistonning boshqa hududlaridagi kabi tojik tilidir. Bu til mintaqadagi turli etnik guruhlar orasida millatlararo soʻzlashuv tili hisoblanadi. Rus tili butun Tojikistonda boʻlgani kabi konstitutsiyada millatlararo muloqot tili va ayrim rasmiy vazifalar tili sifatida mustahkamlangan. Turli tuman Pomir tillari na Murgʻob tumanida, na Togʻli-Badaxshonda rasmiy maqomga ega, faqat Pomir xalqlari oʻrtasida kundalik muloqot jarayonida qoʻllanadi. Tumanda taʼlim qirgʻiz tilida amalga oshiriladigan maktablar mavjud. Murgʻob va Togʻli-Badaxshon aholisining diniy tarkibi Tojikistonning boshqa qismlaridan farq qiladi. Ushbu tuman va butun muxtor viloyatda aholi, asosan, shia yoʻnalishining ismoiliylik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Tojiklar va qirgʻizlar sunniy yoʻnalishning hanafiy mazhabiga ergashadi. Tumanda zardushtiylikka eʼtiqod qiluvchilar ham koʻpchilikni tashkil qiladi, shuningdek, oz sonli xristianlar bor.
2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra tuman aholisi 15 300 kishi . 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Togʻli-Badaxshon avtonom viloyatida 10 949 nafar qirgʻiz istiqomat qiladi.
Aholi soniStatistika agentlika maʼlumotlariga koʻra 1939 2019 2020 2021 2022 7 110 15 600 15 900 16 200 16 500
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi va rahbarlari thumb|right|308px|Murgʻob jamoati thumb|right|308px|Qorakoʻl yaqinidagi ayni nomdagi jamoat
Tumanning maʼmuriy markazi 6365 nufusga ega (2015) Murgʻob shaharchasidir. Murgʻob Togʻli-Badaxshon markazi Xorugʻdan 230 kilometr shimoli-sharqda, Tojikiston poytaxti Dushanbedan 470 kilometr sharqda joylashgan.
Murgʻob tumani tarkibiga 1 ta shaharcha, 5 ta jamoat va 18 ta qishloq kiradi:
Murgʻob tumanining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Jamoat nomi Aholisi (2010) Aholisi (2015) Alichur 1 788 2 242 Gojo Berdiboyev – 1 368 Qorakoʻl 3 532 757 Qizilrabot 1 471 1 675 Murgʻob 6 365 7 468 Rangkoʻl 1 165 1 569
Murgʻob tumani rahbari Tojikiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan hukumat raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi – umumxalq tomonidan 5 yilga saylanadigan Xalq deputatlari majlisidir. Tuman maʼmuriyati va hukumati binosi Murgʻob shaharchasida joylashgan.
Geografiyasi Geografik joylashuvi Murgʻob tumani Tojikistonning Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatining sharqiy qismini egallaydi. Shimoldan Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati, janubdan Afgʻonistonning Badaxshon viloyati, sharqdan Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni, janubi-gʻarbdan Togʻli-Badaxshonning Ishkoshim, Roshtqal’a, Shugʻnon, Roʻshon va Vanj tumanlari, shimoli-gʻarbdan Tojikistonning Sangvor va Jirgʻatol RBTlari bilan chegaradosh. Tuman Tojikistonning eng sharqiy mintaqasi boʻlib, ushbu mamlakatning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi tizimidagi hududi eng katta tuman hisoblanadi. Butun tojik-xitoy chegarasi Murgʻob tumanining sharqiy chegarasi boʻylab oʻtadi.
thumb|left|300px|Togʻli-Badaxshonning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
Tumanning maydoni 37 265 ming km² boʻlib, bu koʻrsatkich bilan Togʻli-Badaxshon tumanlari orasida birinchi oʻrinda turadi. Murgʻob tumani Pomir baland togʻ tizimining markazida joylashgan boʻlib, shunga mos ravishda baland togʻli relyefi, geografiyasi hamda tabiatiga ega. Shimoliy tomondan Pomir-Oloy baland togʻ tizmasi, janubiy tomondan Hindukush baland togʻ tizmasi bilan oʻralgan. Tumanning gʻarbiy va sharqiy qismlarida Pomirning baland togʻli qismi davom etadi. Tojikistonning eng togʻli va qattiq mintaqalaridan biri.
Iqlimi Mintaqaning iqlimi baland togʻ, keskin kontinental, kontinental iqlim elementlariga ega, yozi issiq va qishi qattiq sovuq. Qish mavsumi oktyabrdan aprelgacha davom etadi. Yillik oʻrtacha harorat +15,0 °C, yanvarning oʻrtacha harorati −16,5 °C, iyulniki +20,0 °C. Mutlaq minimal harorat −53 °C, mutlaq maksimal harorat +50 °C. Mintaqada yiliga oʻrtacha 110–200 mm yogʻin tushadi (asosan, bahor va kuzda). Janubi-gʻarbiy massa almashinadigan siklon jarayonlari yogʻingarchilikning yillik oqimiga qattiq taʼsir koʻrsatadi. Vegetatsiya davri 180–200 kun davom etadi.
Tuqrogʻi Tuproq va oʻsimliklarning geografik joylashishiga baland togʻli relyef katta taʼsir oʻtkazadi. Eng past hududlarda (1000 metr balandlikda) qora tuproq ustunlik qiladi. Shu bilan birga, kichik dehqonchilik maydonlarida sugʻoriladigan ekin tuproqlar shakllangan. Bundan tashqari, 1500 metr balandlikda jigarrang tuproqlar mavjud. 2300–2500 metr balandlikda ular oʻrnini jigarrang togʻ-oʻtloq-dasht va shunga oʻxshash tuproqlar egallagan. 3000 metrdan yuqori balandliklarda togʻ oʻtloqi tuproqlari ustunlik qiladi. 5000 metrdan ortiq balandlikda tuproqlar asosan qor bilan qoplangan.
Relyefi Murgʻob hududining relyefi baland togʻli. Hudud Pomir baland togʻ tizmasining markazida joylashgan – dunyodagi eng baland togʻli hududlardan biri. Murgʻob tumani ham har tomondan baland togʻlar bilan oʻralgan. Tumandan shimoldan Pomir-Oloy, janubdan Hindukush, gʻarbdan Hisor va Turkiston tizmalari, sharqdan Xitoy hududidagi Pomir togʻlari bilan oʻralgan. Hududi dengiz sathidan oʻrtacha 3200–6000 metr balandlikda joylashgan. Eng baland nuqtasi Abu Ali ibn Sino choʻqqisi boʻlib, balandligi 7134 m.
Gidrografiyasi thumb|right|308px|Sarez koʻlini toʻsgan Usoy toʻgʻoni
Sharqiy Tojikistonning eng yirik daryolaridan biri Bartang Murgʻob tumanining janubiy hududidan oqib oʻtadi, u yuqori oqimida Oqsuv, oʻrta oqimida Murgʻob deb ataladi. Murgʻob tumanining janubi-sharqiy chegarasida tojik-afgʻon chegarasidagi transchegaraviy daryo boʻlgan Panj daryosining manbai joylashgan. Tumanning sharqiy qismida Panjning sakkiz irmogʻidan ikkitasi – Vanj va Yazgʻulom daryolarining manbalari ham bor. Janubiy qismida Panjning yana bir irmogʻi – Gʻuntning manbai bor, u Murgʻob tumanida Alichur deb ataladi. Panjning yana bir irmogʻi – Pomirdaryoning manbai ham tumanning janubida joylashgan. Pomir daryosi ham transchegaraviy daryo hisoblanib, tojik-afgʻon hamda Xitoy chegarasi orasida oqadi. Tumanning shimoliy-sharqiy qismida Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni hamda Oʻsh viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Qashqar daryosining irmogʻi boʻlgan Markansuv daryosi manbai joylashgan.
Murgʻob viloyati hududida ham turli oʻlchamdagi va har xil turdagi koʻplab koʻllar mavjud. Butun Tojikiston, Togʻli-Badaxshon va Murgʻob tumanidagi eng yirik mashhur koʻllardan biri Sarez koʻli boʻlib, mintaqaning oʻrta gʻarbida joylashgan. Ushbu koʻl dengiz sathidan 3 263 metr balandlikda joylashgan boʻlib, uzunligi 55.8 km, kengligi 3.3 km va hajmi 16.074 km³. Koʻlning oʻrtacha chuqurligi 185 metr, eng chuqur joyi esa 505 metr. Sarez koʻlining havzasi 16 500 km². Atrofdagi togʻlar koʻldan 2415 metrdan ortiq baland. Togʻ daryolari oʻzanlarining halokatli toʻsilishi natijasida „tabiiy toʻgʻonli“ koʻl hosil boʻlgan. Sarez koʻli Bartang, Panj va Amudaryoning quyi oqimida joylashgan aholi punktlari uchun xavf tugʻdiradi, chunki tabiiy beqaror toʻgʻon buzilgan taqdirda, sel oqimidagi katta suv massasi deyarli Orol dengiziga yetib boradi va suv yoʻlidagi, yaʼni 1 300 kilometrdan ortiq hududdagi hamma narsani vayron qiladi va yuvib yuboradi.
Murgʻobda, shuningdek Zoʻrkoʻl, tumanning janubida, Afgʻoniston bilan chegarada, Yashilkoʻl, tumanning janubida, Rangkoʻl, tumanning sharqida, koʻllari ham bor.
Flora va faunasi thumb|right|285px|Murgʻobdagi qoʻtoslar thumb|left|285px|Sharqiy Pomirda suratga olingan qor qoploni