thumb|509x509px| Matilda effekti
Matilda effekti – bu ayollarning ilm-fanga qoʻshgan yutuqlarini tizimli ravishda rad etish, ularning qilgan ishlarini erkak hamkasblariga tegishli deb hisoblaniladigan termin. Bu hodisa birinchi marta sufrajist va abolitsionist Matilda Joslyn Gage (1826–1898) tomonidan oʻzining „Woman as Inventor (Ayol ixtirochi sifatida)“ nomli qoʻllanmasida tasvirlangan (birinchi marta 1870-yilda traktat sifatida, 1883-yilda esa North Amrican Review (Shimoliy Amerika sharhi) adabiy jurnalida nashr etilgan). „Matilda effekti“ atamasi 1993-yilda ilm-fan tarixchisi Margaret W. Rossiter tomonidan fanga kiritilgan.
Rossiter bu taʼsirning uchrashiga bir nechta misollarni keltirgan. XII asrda Italiyada yashagan Trotula (Salernolik Trorula) ismli ayol shifokorning oʻlimidan soʻng chiqarilgan kitoblarining bari erkak mualliflarga tegishli deb e’tirof etilgan. Oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi asrning Matilda effektini namoyish etadigan holatlarga Netti Stivens, Lise Meitner, Marietta Blau, Rosalind Franklin va Jocelyn Bell Burnell kabi ayollarning faoliyati misol boʻla oladi.
Matilda effekti Metthew effekti bilan solishtirilgan. Mazkur effektga koʻra, avvaldan taniqli boʻlgan olimning ishi, garchi u yosh tadqiqotchiniki bilan bir xil yoki aynan oʻxshash boʻlsa ham koʻproq va tezroq shuhrat qozonadi. Bu holat esa Matilda effektining ayrim holatlariga mos keladi.
Tadqiqotlar 2012-yilda Nijmegen Radboud universitetining ikki ayol tadqiqotchisi Niderlandiyada professorlikka qoʻyilgan nomzodlarning jinsi ularga beriladigan baholarga taʼsir koʻrsatishini isbotlab berishdi. Shunga oʻxshash holat ikki italiyalik ayol tadqiqotchi tomonidan Ispaniyada oʻtkazgan tadqiqotlari davomida ham kuzatilgan. Boshqa tomondan, bir nechta tadqiqotlardan keltirilgan iqtiboslar erkak va ayol mualliflarga nashriyotlarning taʼsiri oʻrtasida farq yoʻqligini aniqlagan.
Shveytsariyalik tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ommaviy axborot vositalari odatda ayol olimlarga qaraganda erkak olimlardan koʻproq televidinya koʻrsatuvlarida ishtirok etishlarini iltimos qilishadi.
AQShda olib borilgan bir tadqiqotga koʻra, Amerika jamiyatida ochiq gender diskriminatsiyasi umuman pasayishda davom etsa-da, ayollarning ilmiy mukofotlar va sovrinlarni olish holati, xususan, tadqiqotlar davomida noqulay ahvolga tushib qolish holatlari koʻp kuzatilmoqda.
Misollar Matilda effektiga duchor boʻlgan ayollarga misollar:
Krotonlik Theano (miloddan avvalgi 6-asr) – matematika sohasida faoliyat olib borgan ilk faylasuf, lekin uning koʻp ishlari eri, otasi yoki unga oʻqituvchilik qilgan Pifagor (manbalarga qarab) soyasida qolib ketgan . Trotula (Salernolik Trotula, 12-asr) – italyan ayol shifokori boʻlib, uning oʻlimidan keyin chop etilgan asarlari erkak mualliflarga tegishli deb hisoblanilgan. Oʻqituvchi va tabib sifatida ayollarga nisbatan dushmanlik ayolning mavjud shaxs ekanligini inkor etilishiga olib kelgan. Avvaliga uning ishi eri va oʻgʻliga tegishli deb koʻrsatilgan, ammo maʼlumotlar tarqalib ketgach, rohiblar uning ismini erkak ismi bilan almashtirib qoʻyishgan. Shu sababli ham, ayolning ismi „Ilmiy biografiya lugʻati“da tilga olinmagan. Jeanne Baret (1740-1807) – fransuz botanik olimi, yer sharini aylanib chiqqan birinchi ayol. Botanik Philibert Commersonning hamkasbi va hamkori, u erkak koʻrinishida Louis-Antoine de Bougainville ekspeditsiyasiga qoʻshilgan. Ular Bougainvilleaning birinchi namunalarini toʻplashga yordamlashgan. Koʻpgina botanika kashfiyotlari faqat Commersonga tegishli deb hisoblanilgan va uning sharafiga yuzga yaqin tur nomlangan. Jeanne Baret nomi 20 [ es ]12-yilda ilk marta oʻsimligiga berilishi orqali, uning izlanishlari ham e’tirof etildi. Netti Stivens (1861-1912) – XY jinsini aniqlash tizimining kashfiyotchisi. Uning ovqat qurtlari ustida olib borgan muhim tadqiqotlari birinchi marta organizmning jinsi atrof-muhit yoki boshqa omillar bilan emas, balki uning xromosomalari bilan belgilanishini aniqlab bergan. Stivens ilmiy hamjamiyatning ushbu yangi tadqiqot yoʻnalishi „Xromosoma jinsini aniqlash“ asnosida faoliyat olib borishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Biroq, oʻsha davrda taniqli boʻlgan genetik olim Thomas Hunt Morgan nomi bu kashfiyotga aloqador inson sifatida koʻrsatiladi. Uning genetika sohasidagi keng koʻlamli ishlariga qaramay, Stivensning Morgan ishiga qoʻshgan hissasi koʻpincha eʼtiborga olinmaydi. Mary Whiton Calkins (1863-1930) – Harvard universiteti boshqa jonli stimullar bilan bogʻlangan holatda ogohlantirishlarni eslab qolish osonroq boʻlishini aniqlaydi. U, shuningdek, taʼsir qilish muddati yaxshi eslab qolishga sabab boʻlishini ham aniqlaydi. Uning kashfiyotlari keyinchalik Georg Elias Müller va Edward B. Titchener tomonidan Calkinsga hech qanday ganorar berilmagan holda foydalanilgan. Gerty Cori (1896–1957) – Nobel mukofoti laureati biokimyogar. Professorlik lavozimida u bilan teng malakaga ega boʻlishiga qaramay, yillar davomida erining yordamchisi boʻlib ishlagan. Rosalind Franklin (1920-1958) − 1953-yilda DNK tuzilishining kashf qilishida muhim hissa qoʻshgan olimlardan biri sifatida tan olingan. Frencis Crik va Jaymes Watson 1962-yilgi Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan kashfiyotda ayolning hissasi past baholangan (Watson oʻzining 1968-yildagi The Double Helix (Qoʻshaloq spiral) kitobida Rosalindning kashfiyoti muhim ahamiyatli ekanligini tasvirlab bergan). Marthe Gautier (1925-2022) – hozirda Daun sindromini keltirib chiqaradigan xromosoma anomaliyasini ochishdagi muhim roli bilan tan olingan, bu kashfiyot ilgari faqat Jérome Lejeunega tegishli deb hisoblangan. Marian Diamond (1926-2017) – Berkeleydagi Kaliforniya universitetida ishlagan. Oldingi nevrologik dogmaga zid boʻlgan miya plastikligi fenomenini eksperimental ravishda kashf etgan. U 1964-yilda oʻzining muhim maqolasini nashr ettirmoqchi boʻlgan vaqtida, ikkinchi darajali hammualliflari Devid Krech va Mark Rozenzweigning ismlari uning ismi oldiga qoʻyilganligini bilib qolgan (qoʻshimcha ravishda, ayolning ismi qavs ichida yozilgan). U qogʻozda tasvirlangan asosiy ishni bajarganini aytib eʼtiroz bildiradi. Shundan soʻnggin uning ismi birinchi oʻringa qavssiz holatda qoʻyiladi. Bu voqea 2016-yilda suratga olingan My Love Affair with the Brain: The Life and Science of Dr. Marian Diamond. (Mening miyaga boʻlgan muhabbatim: Dr. Marian Diamond) nomli hujjatli filmda ham tasvirlangan. Harriet Zuckerman (1937-yilda tugʻilgan) – eri Robert K. Mertonning mashhur Matthew effekti kontseptsiyasi uchun asosiy maʼlumotlarni taqdim etgan. Bu effekt, yuqori maqomga ega boʻlgan olimlar, oʻzlarining pastroq darajadagi yoki kichikroq yoshda boʻlgan hamkasblari bilan bir xil ishni amalga oshirganlarida, hamisha yuqori baholanishi, hamda boshqa ayni shu ishni amalga oshirgan hamkasblarining uni soyasida qolib ketish holatlarini ifodalaydi. 1968-yilda kontsepsiya haqidagi dastlabki nashrda ayolning roli hammualliflik sifatida tilga olinmay shunchaki izohlar bandda aytib oʻtilgan. Ammo keyinchalik Merton maqolaning keyingi versiyalarida xato berilgan muallif ekanligi aniqlandi. ENIAC dasturchilari (1946-yilga bagʻishlangan) – bir nechta ayollar loyihaga katta hissa qoʻshadilar, jumladan Adele Goldstine, Kay McNulty, Betty Jennings, Betty Snyder, Marlyn Wescoff, Fran Bilas va Ruth Lichterman. Ammo ENIAC tarixida odatda bu ayollarning qoʻshgan hissasi va baʼzida dasturiy taʼminot yutuqlariga emas, balki tizim erishgan yutuqlariga eʼtibor qaratilgan.
Nobel mukofoti nomzodligi uchun ayol olimlardan koʻra yuqoriroq ustunlikka ega boʻlgan erkak olimlarga misollar:
1934-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti George Whipple, George Richards Minot va William P. Murpyga berildi. Ular oʻzlarining ayol hamkasbi Frieda Robscheit-Robbinsni jinsi tufayli chetlatilganidan xabar topishgan. Ammo Whipple oʻz mukofot pulini ayol bilan boʻlishadi, chunki uni ham Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblagan, chunki Frieda uning deyarli barcha nashrlaridagi hammuallifi edi. 1944-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti Otto Hahnga berildi. Lise Meitner Hahn bilan ishlagan va yadroviy boʻlinishning nazariy asoslarini yaratgan (u „yadro boʻlinishi“ atamasini kiritgan). Meitner Nobel mukofoti qoʻmitasi tomonidan qisman jinsi va qisman fashistlar Germaniyasida taʼqib qilingan yahudiy ekanligi sababli tan olinmagan. Uning faoliyatiga yahudiylarning hukumat bilan bogʻliq lavozimlarni egallashi, jumladan, tadqiqot ishlarini olib borishini taqiqlovchi „Professional davlat xizmatini tiklash toʻgʻrisida“gi qonun taʼsir koʻrsatgan. Dastlab, uning Avstriya fuqaroligi uni bu muammoga yuzlashishdan asrab turadi, ammo 1938-yilda Gitler Avstriyani anneksiya qilganidan keyin u Germaniyadan qochib ketadi. 1950-yilda CeCil Powell yadro jarayonlarini oʻrganishning fotografik usulini ishlab chiqqani va natijada pion (pi-mezon) ni kashf etgani uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻladi. Ammo, aslida Marietta Blau bu sohada koʻplab kashfiyotlarni amalga oshirgan. Erwin Shrödinger Hertha Wambacher bilan birga ayolni sovringa nomzod qilib koʻrsatgan, biroq ikkalasining taklifi ham rad etilgan. 1956-yilda ikki amerikalik fizik Tsung-Dao Lee va Chen Ning Yang zaif oʻzaro taʼsirlarda paritet qonunining buzilishini nazariy kashf qilishadi va uni tekshirish uchun amalga oshirish mumkin boʻlgan tajribani taklif etishadi. 1957-yilda Chien-Shiung Vu Milliy standartlar va texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda kerakli tajribani oʻtkazadi va beta parchalanish holatida paritet buzilishini isbotlaydi. 1957-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofoti erkak fiziklarga beriladi va Vuning nomzodligi rad etiladi. U ayollar orasida birinchilardan boʻlib 1978-yilda fizika boʻyicha „Boʻri“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 1958-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotini George Beadle, Edward Tatum va Joshua Lederberg qoʻlga kiritgan. Mikrobiologlar Joshua Lederberg va uning rafiqasi Ester Lederberg Beadle va Tatum bilan birgalikda bakterial koloniyalarni bir petri idishidan ikkinchisiga oʻtkazish usulini ishlab chiqadilar, bu antibiotiklarga chidamliligini aniqlash uchun juda muhim faoliyat boʻlgan. Biroq, Ester Lederberging ushbu tadqiqot loyihasidagi faoliyati tan olinmaydi, ammo nazariyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uning hissasi muhim edi. Bundan tashqari, u lambda fagini kashf etgani va kelajakdagi genetik va bakterial tadqiqotlar uchun asos yaratgan F unumdorlik omili boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirgani ham tan olinmagan. 1960-yillarning oxirida Jocelyn Bell (1943-yilda tugʻilgan) birinchi radio pulsarni kashf etdi. Ushbu kashfiyot uchun 1974-yilda fizika boʻyicha Nobel mukofoti uning ilmiy rahbari Antony Hewish va Martin Rylega berildi, Hewish va Ryle radioastrofizika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlangan. Jocelyn Burnellning ishlari esa chetda qolib ketadi. U kashfiyotini amalga oshirgan paytida fan nomzodi boʻlmagan, oddiy bir talaba edi. U nazariy harakatlar asosan uning rahbariga tegishli ekanligini his qilgan, ammo ayolning Nobel mukofotidan voz kechishi bir qancha taniqli astronomlar, jumladan Fred Hoyle tomonidan ham tanqid qilingan.
Matilda loyihasi Matilda loyihasi – ilm-fan sohasida ayollarga nisbatan tengsizlik va gender tarafkashligi haqida xabardorlikni oshirish tashabbusi oʻquv animatsion videolar va raqamli toʻplamlarni yaratishni oʻz ichiga oladi(www.matildaproject.ca saytiga tashrif buyuring). Videolar (oʻquv animatsion videosiga qarang) mavzuning qisqacha koʻrinishini taqdim etadi, veb-sayt esa Matilda effektiga misol boʻladigan umumiy xususiyatga ega boʻlgan tarixiy va zamonaviy ayol olimlarning toʻliq toʻplamini oʻzida aks ettiradi.