Qandim gazni qayta ishlash majmuasi (QGQIM, Qandim GQIM, Qandim gazni qayta ishlash kompleksi) – Oʻzbekistonda birinchi marta jalb etilgan investitsiya loyihasi asosida qurilgan yirik korxona. Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri va mintaqada gaz sanoatining eng yirik obyektlaridan biridir.

Tarixi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov (1991–2016) tomonidan qabul qilingan 2015–2019-yillarga tegishli dasturi doirasida boshlangan yirik investitsion loyihaga asosan, Oʻzbekistonning „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi bilan Rossiyaning „LUKOIL“ kompaniyasi hamkorligida hamda Janubiy Koreyaning „Hyudai Engineering“ va Singapurning „Enter Engineering“ kompaniyalari ishtirokidagi qurilishi 2016-yil 19-aprelda boshlangan. Roppa-rosa 2 yildan soʻng, 2018-yilning 19-aprel kuni majmuaning rasmiy tantanali ochilish marosimi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya Federatsiyasi Energetika vaziri Aleksandr Novak va „LUKOIL“ kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov ishtirokida oʻtkazilgan. Majmuaning umumiy qiymati 3,5 milliard dollarga baholangan.

Yana qarang Qandim

Manbalar

Turkum:Buxoro viloyati Turkum:Qorakoʻl tumani Turkum:Oʻzbekistondagi sanoat korxonalari Turkum:Oʻzbekiston neft va gaz kompaniyalari