thumb|350px|Rossiya xaritasidagi avtonom viloyat
Muxtor viloyat yoki Avtonom viloyat – SSSR va aytim boshqa davlatlarda (masalan, Gʻarbiy Bosniya muxtor viloyati, Kri muxtor viloyati) davlat avtonomiyasi shakli, maʼmuriy-hududiy tuzilma.
Hozirgi kunda sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan Rossiyada (Yahudiylar muxtor viloyati) va Tojikistonda (Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati) muxtor viloyatlar bor.
Tarixi
Oktyabr inqilobidan keyin RSFSR (keyinroq SSSRda ham) hududida, asosan, rus boʻlmagan (ittifoq respublikalarida – asosan titul millat boʻlmagan) aholi yashaydigan joylarda muxtor viloyatlar paydo boʻla boshladi. Avvaliga muxtor viloyat guberniya, viloyat, respublika (ASSR) bilan bir qatorda mustaqil subyekt boʻlgan, keyinroq esa ular guberniyalar bilan birlashtirilib, oʻlkalarni tashkil qilgan. Keyinchalik aksariyat muxtor viloyatlar muxtor respublikalar shaklida qayta tashkil qilindi, 1936-yil dekabridan yana alohida tuzilmaga aylantirildi.
Xronologik tartibda RSFSR hududida quyidagi muxtor viloyatlar tashkil qilingan:
Volgaboʻyi nemislari muxtor viloyati (1918), 1923-yildan – Volgaboʻyi nemislari ASSR; Votskaya MV (1920), 1932-yildan – Udmurt MV, 1936-yil dekabrdan – Udmurt ASSR; Qalmoq MV (1920, 1957), 1935-yildan – Qalmoq ASSR (1943-yilda tugatilgan), 1958-yildan – Qalmoq ASSR; Kareliya mehnat kommunasi (1920), 1923-yildan – Kareliya ASSR; Mariy MV (1920), 1936-yil dekabrdan – Mariy ASSR; Chuvash MV (1920), 1925-yildan – Chuvash ASSR; Buryat-Mongol MV (1921), 1923-yilda Mongol-Buryat MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan; Kabardin MV (1921), 1922-yilda Bolqor okrugi bilan birlashtirilib, Kabardin-Bolqor MV tashkil qilingan; Komi (Ziryan) MV (1921), 1936-yil dekabrdan – Komi ASSR; Mongol-Buryat MV (1921), 1923-yilda Buryat-Mongol MV bilan birlashtirilib, Buryat-Mongol ASSR tashkil qilingan; Adigey (Cherkas) MV (1922), birinchi oyda Cherkas (Adigey) MV deb atalgan, 1928-yilda Adigey MV deb qayta nomlandi (1990-yildan boshlab Krasnodar oʻlkasi tarkibida) Kabardin-Bolqor MV (1922), 1936-yil dekabrdan – Kabardin-Bolqor ASSR Qorachoy-Cherkas MV (1922), 1926-yilda Qorachoy avtonom viloyati va Cherkas milliy okrugiga (1928-yildan Cherkas MV) boʻlinadi, 1943-yilda Qorachoy MV tugatiladi, 1957-yilda Cherkas MVga sobiq Qorachoy MV hududlari qoʻshiladi va Qorachoy-Cherkas MV deb qayta nomlanadi (1990-yildan – Stavropol oʻlkasi tarkibida) Oyrat MV (1922), 1932-yildan Oyrot MV, 1948-yildan Togʻli-Oltoy avtonom viloyati (1990-yildan – Oltoy oʻlkasi tarkibida) Chechen MV (1922), 1934-yilda Ingush MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan; Ingush MV (1924), 1934-yilda Chechen MV bilan birlashtirilib, Chechen-Ingush MV tashkil qilingan; Qoraqirgʻiz MV, 1925-yildan Qirgʻiz MV, 1926-yildan Qirgʻiziston ASSR, 1936-yil dekabrdan Qirgʻiziston SSR; Shimoliy Osetin MV (1924), 1936-yil dekabrdan – Shimoliy Osetiya ASSR; Qoraqalpoq avtonom viloyati (1925), 1930-yilga qadar Qozogʻiston ASSR tarkibida, 1932-yildan Qoraqalpogʻiston ASSR shaklida RSFSR tarkibida, 1936-yil dekabrdan – Qoraqalpogʻiston ASSR OʻzSSR tarkibida; Mordva MV (1930), 1934-yil dekabrdan – Mordva ASSR; Xakas MV (1930) (1990-yildan Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida); Yahudiylar MV (1934) (1990-yildan Xabarovsk oʻlkasi tarkibida); Chechen-Ingush MV (1934), 1936-yil dekabrdan – Chechen-Ingush ASSR; Tuva MV (1944, qoʻshib olingan hududda), 1961-yil okyabrdan – Tuva ASSR.
Bir qator ittifoqdosh respublikalarda ham muxtor viloyatlar tashkil qilinadi. Masalan, Gruziya SSRda Janubiy Osetin (1922), Ozarbayjon SSRda Togʻli-Qorabogʻ (1923), OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSRda Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatlari(1925).
1990-yil holatida SSSR tarkibida sakkizta muxtor viloyat bor edi: beshtasi RSFSR oʻlkalari tarkibida va uchtasi ittifoqdosh respublikalarda.
1990-yil 15-dekabrda RSFSR muxtor viloyatlari oʻlkalar tarkibidan chiqarilib, mustaqil subyektlarga aylantirildi, 1992-yil 21-aprelda respublika maqomini oldi (Yahudiylar MVdan tashqari)Zakon Rossii № 2708-I, ot 21 aprelya 1992 goda..
Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan faqatgina Tojikiston tarkibida Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati saqlanib qolgan.
Gruziya va Ozarbayjonda muxtor viloyatlar tugatilgan. Voqealarning bunday rivoji sobiq muxtor viloyatlar aholisining noroziligiga sabab boʻldi, natijada qurolli toʻqnashuvlar kelib chiqdi va yerlarning bir qismi ustidan nazoratni yoʻqotdi. Sobiq muxtor viloyatlar hududlarida amalda mustaqil tan olinmagan davlatlar – Janubiy Osetiya va Togʻli Qorabogʻ Respublikasi tuzildi. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi 2023-yil sentyabrda tugatildi.
Sovet Ittifoqidagi muxtor viloyatlar roʻyxati Muxtor viloyatTashkil etilgan sanaTugatilgan sanaMaʼmuriy markaziIttifoqdosh respublikaTitul millatIzohVolgaboʻyi nemislari MV19.10.191819.12.1923PokrovskRSFSRnemislarHozirgi Saratov viloyatiUdmurt MV (01.01.1932 gacha – Votskaya)04.11.192028.12.1934Ijevsk1921-yil yanvardan iyungacha – GlazovRSFSRudmurtlar (votyaklar)Hozirgi UdmurtiyaMariy MV04.11.192005.12.1936Yoshkar-olaRSFSRmariylarMariy ASSR (1936—1993), Hozirgi Mariy El RespublikasiBuryat-Mongol MV27.04.192130.05.1923ChitaRSFSRburyatlarHozirgi BuryatiyaMongol-Buryat MV09.01.192230.05.1923IrkutskRSFSRburyatlarHozirgi BuryatiyaKabardin MV01.07.192116.01.1922NalchikRSFSRkabardinlarHozirgi Kabarda-BolqoriyaQalmoq MV192119581928-yilgacha Astraxan, ElistaRSFSRqalmoqlarHozirgi QalmogʻistonKomi (Ziryan) MV19211936Siktivkar1930-yilgacha UstSisolsk deb atalganRSFSRkomilarHozirgi KomiQorachoy-Cherkas MV12.01.192216.05.1992CherkesskRSFSRqorachoylar, cherkaslarHozirgi Qorachoy-CherkasiyaJanubiy Osetin MV20.04.1922SxinvaliGruziya SSRosetinlarHozirgi Janubiy Osetiya (bahsli)Togʻli-Oltoy (1932-yilgacha Oyrat MV, 1948-yilgacha Oyrot MV)01.06.192216.05.1992Gorno-altayskRSFSRoltoylarHozirgi Oltoy RespublikasiAdigey MV (24.08.1922 gacha – Cherkas (Adigey) MV, 13.08.1928 gacha – Adigey (Cherkas) MV27.07.192216.05.1992Maykop1936-yil 10-aprelgacha – Krasnodar, muxtor viloyat tarkibiga kiritilmagan Krasnodar poytaxt vazifasini bajaradiRSFSRcherkaslarHozirgi AdigeyaTogʻli Qorabogʻ MV05.07.192326.11.1991XonkandiOzarbayjon SSRarmanlarHozir Ozarbayjonning Qorabogʻ iqtisodiy rayoni tarkibidaShimoliy Osetin MV07.07.192405.12.1936VladikavkazRSFSRosetinlarHozirgi Shimoliy Osetiya AlaniyaIngush MV07.11.192415.01.1934VladikavkazRSFSRingushlarHozirgi IngushiyaTogʻli-Badaxshon MV02.01.1925hozirga qadarXorugʻTojikiston SSR1929-yil 16-oktyabrga qadar OʻzSSR tarkibidagi Tojikiston ASSRPomir xalqlariHozir ham mavjudQoraqalpoq MV16.02.192520.03.1932ToʻrtkoʻlRSFSRqoraqalpoqlarHozirgi QoraqalpogʻistonMordva MV10.01.193020.12.1934SaranskRSFSRmordvalarHozirgi MordoviyaXakas20.10.193016.05.1992AbakanRSFSRxakaslarHozirgi XakasiyaYahudiylar MV07.05.1934hozirga qadarBirobijanRSFSRyahudiylarHozir ham mavjudTuva MV11.10.194410.10.1961QizilRSFSRtivalarHozirgi Tiva
Yana qarang Rossiya viloyatlari
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Maʼmuriy birliklar Turkum:Muxtor viloyatlar