Baxtiyor Mengliyev (toʻliq ismi: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich; 1965-yil 20-noyabr, Dehqonobod tumani, Oʻzbekiston SSR) – filologiya fanlar doktori, professor.

Biografiyasi Taʼlimi 1983-yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 42-oʻrta maktabni Oltin medal bilan bitirgan. 1983—1990-yillarda Termiz davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1984—1986-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. Buxoro davlat universitetida aspirantura (1991—1994) va doktoranturani (1998—2001) oʻtagan. 1996-yil 13-sentyabrda nomzodlik, 2002-yil 1-noyabrda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2003-yilda professor ilmiy unvonini olgan.

Mehnat faoliyati Termiz davlat universitetida oʻqituvchi (1990-1991), Qarshi davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, professor, fakultet dekani (1994—2008), Oʻzbekiston milliy universitetida professor, kafedra mudiri (2008-2016), Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida fakultet dekani, professor, kafedra mudiri (2016-2023) lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2023-yil 10-oktyabrdan Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqotchi-professor lavozimida ishlab kelmoqda. Baxtiyor Mengliyev - jami 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shundan, 56 ta jurnal maqolasi, 8 ta monografiya, 6 ta darslik, 10 ta oʻquv qoʻllanma, 7 ta lugʻat, 1 ta qomus nashr etgan. Intellektual mulk agentligining 10 ta mualliflik guvohnomasini olgan.

Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasidagi reytingi: Scopus – 3 Google Scolar – 14. Turkiya (Marmara universiteti, Karabyuk universiteti), Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasi (SPB universiteti)da maʼruza qilgan. 4 marta „Yilning eng yaxshi oʻquv adabiyoti muallifi“ tanlovi gʻolibi.Baxtiyor Mengliyev 73 nafar ilmiy darajali kadr tayyorlagan. Jumladan:

Tanlov gʻoliblari "Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi – 2007" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: Umumkasbiy fanlar: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliyev, G.Boqieva va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 3-qismli. –Toshkent, 2006, OʻzMU . "Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" – 2009" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. B.Mengliyev, Oʻ.Xoliyorov. Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma. "Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" – 2010" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliyev. Zamonaviy oʻzbek tili. Morfologiya. – Toshkent: Mumtoz soʻz, 2009. "Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi" – 2011" respublika tanlovida gʻolib deb topilgan oʻquv adabiyotlari va ularning mualliflari: 2- oʻrin. R.Sayfullaeva, B.Mengliyev va boshqa. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

Mengliyev ilmiy maktabi ("Oʻzbek amaliy tilshunosligi") Oʻzbek milliy grammatikasiga yangi gʻoya olib kirdi va "Oʻzbek tilidagi ayrim grammatik shakllargina sintaktik vazifa bajaradi" degan anʼanaviy qarashni oʻzgartirdi hamda barcha grammatik shakllar sintaktik imkoniyatlarga egaligini isbotladi ("Morfologik vositalarning ma'noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari": nomz . diss.,1996). Oʻzbek tilidagi yangi grammatik kategoriyalarni ochdi va feʼlning funksional shakllari deb atalgan tizim hamda koʻmakchi feʼlli soʻz qoʻshilmalarining kategorial xususiyatlarini aniqladi – oʻzbek tilshunosligiga alohida morfologik kategoriya – "oʻzgalovchi kategoriya" va "harakat tarzi kategoriyasi" tushunchasi va terminini olib kirdi ("Morfologik vositalarning ma'noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari": nomz . diss., 1996; "Hozirgi o'zbek adabiy tili": darslik, 2007). Bu oʻzbek ilmiy grammatikasini milliylashtirishga hissa boʻlib qoʻshildi. Oʻzbek amaliy tilshunosligi yoʻnalishini boshlab berdi. Jahon tilshunosligida til sathlari (fonetik, leksik va grammatik sath) doirasidagina eʼtirof etib kelingan sistemaviylik taʼlimotini yangi bosqichga olib chiqdi – nafaqat sathlar, hatto, tilning oʻzi ham yaxlit sistema ekanligini ilmiy asosladi ("Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar": dokt. diss., 2001). Tilshunoslik nazariyasi yangi qonuniyat bilan boyitildi ( 2 nafar fan doktori, 3 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi). Oʻzbek tilshunosligida "Oʻzbek oʻquv leksikografiyasi" ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va muammo doirasida shogirdlari tomonidan qator dissertatsiya hamda tadqiqotlar bajarildi, shu asosda yaratilgan oʻquv lugʻatlari ona tili taʼlimini rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshildi ( 1 nafar fan doktori, 2 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi hamda 1 ta jamoaviy monografiya nashr qilindi). Oʻzbek tilshunosligida "Oʻzbek korpus tilshunosligi" ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va bu borada shogirdlari tomonidan 10 dan ortiq fan doktori va falsafa doktori dissertatsiyalari himoya qilindi hamda 1 ta jamoaviy monografiya nashr etildi. Juda ulkan ish – oʻzbek tilining 10 jildlik "Grammatik shakllar lugʻati", morfologik, semantik va sintaktik analizatorlari yaratildi. "Oʻzbek milliy korpusi"ning tamal toshi qoʻyildi. Bu – oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga qoʻshilgan katta hissa bo'ldi. Jahon tilshunosligida ilk bor "til va maʼnaviyat mushtarakligi" tamoyili asosida shaxsni maʼnaviy yuksaltirishga xizmat qiladigan, tarbiyaviy amaliyot uchun lingvistik baza tayyorlaydigan "Lingvomaʼnaviyatshunoslik" ilmiy yoʻnalishiga asos soldi – yangi nazariya yaratildi (1 nafar fan doktori, 5 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi hamda 1 ta jamoaviy monografiya nashr qilindi). Oʻzbek tilshunosligida graduonimik leksikografiyaga asos soldi. Oʻzbek leksikografiyasi va lugʻatchilik amaliyotiga oʻzbek fanida ochilgan darajalanish (graduonimiya) qonuniyatini tatbiq qilish boʻyicha tadqiqotlar tizimini shakllantirdi (2 nafar fan doktori, 4 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi hamda 1 ta jamoaviy monografiya nashr etildi). Oʻzbek tilshunosligida "Lingvistik ekspertologiya“ ilmiy yoʻnalishiga asos soldi va bu soha jadal rivojlanmoqda. Soha filolog-ekspertlar, lingvist-ekspertlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi (1 nafar fan doktori, 5 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlandi hamda 1 ta jamoaviy monografiya nashr etildi). Amaliy adabiyotshunoslik yoʻnalishini boshlab berdi. Tasavvuf (maʼrifiy, mumtoz) adabiyotiga shaxsiy takomillashuv dasturi sifatida munosabatda boʻlish gʻoyasini ilgari surdi. ("Jahon adabiyoti", 2016-yil, 4-son). Adabiyot metodologiyasini yangi bosqichga olib chiqdi. Adabiyot nazariyasida adabiyot va adabiyotshunoslikka sistema sifatida munosabatda boʻlish, adabiyotni sistema sifatida oʻrganish asoslari, adabiyotda mohiyat va hodisani farqlash ("Tafakkur", 2023-yil, 3-son) milliy adabiy tahlilga 3D yondashuvni tatbiq qilish, adabiyotshunoslikka 80/20 prinsipi tatbiqi ("Maʼrifat", 2023-yil 8-noyabr) gʻoyasi muallifi. Ona tili taʼlimiga kognitiv-pragmatik-kommunikativ yondashuvni olib kirdi. Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasida "Ona tili taʼlimida nutqiy koʻnikmalarni baholash" ilmiy yoʻnalishiga asos solindi va muammo doirasida shogirdlari tomonidan qator dissertatsiya va tadqiqotlar bajarildi (1 nafar fan doktori, 1 falsafa doktori (PhD) tayyorlandi hamda 2 ta jamoaviy monografiya nashr etildi).

Mualliflik guvohnomalari Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi korpusi. Elektron Guvohnoma. № 000896, Toshkent, 2018. Oʻzbek tilining milliy va mualliflik korpusi uchun EHM dasturi. Elektron Guvohnoma. № DGU 05735, Toshkent, 2018 . "Oʻzbek tili milliy korpusining sinonim soʻzlar bazasi" dasturining on-line versiyasi. Elektron Guvohnoma. № DGU 06200, Toshkent, 2019. Oʻzbek tilining orfoepik audiovizual lugʻati (h va x harflari). Elektron Guvohnoma. № DGU 08017, Toshkent, 2020. "Abdulla Qahhorning „Anor“ hikoyasi semantik razmetkasi". Elektron Guvohnoma. № DGU 08980, Toshkent, 2020. "Ot va feʼl, sifat va feʼl soʻz turkumlari orasidagi omonimlikni farqlovchi lingvistik, matematik modellar va vositalarning maʼlumotlar bazasi". Elektron Guvohnoma. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi № DGU 12071 "Korpus lingvistikasi" nomli oʻquv qoʻllanma. Elektron Guvohnoma. "Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korxonasi, 004378-son "Korpus lingvistikasi" nomli oʻquv qoʻllanma. Elektron Guvohnoma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2022-yil 17-mart, 106-sonli buyrugʻi "Kompyuter leksikografiyasi" nomli oʻquv qoʻllanma. Elektron Guvohnoma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2022-yil 17-mart, 106-sonli buyrugʻi. "Kompyuter leksikografiyasi" nomli oʻquv qoʻllanma. Elektron Guvohnoma. "Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korxonasi, 004377-son

Maqolalar Morfologik shakllarning sintaktik imkoniyatlari haqida // Til va adabiyot taʼlimi,1996, № 1.– B. 50-52. Grammatik kategoriyalarni belgilashga doir mulohazalar // Oʻzbek tili va adabiyoti, 1998, № 6. – B. 22–26. Ona tili darslarida soʻz maʼnolari tahlili // Xalq taʼlimi, 2000, № 6. – B.103-106. Haq tajallisi // Tafakkur, 2001, № 1. – B.121-123. Lugʻaviy maʼno talqini haqida // OʻzR IA Qaraqalpaqstan boliminin XABARShISI, 2001, № 6-7. – B.117-118. Lugʻaviy maʼnoni umumlashtirish haqida // Sharqshunoslik, 2000, № 2. – B. 34-37. Lugʻaviy koʻpmaʼnolilik lison va nutq boʻlinishida // O‘zbek tili va adabiyoti, – 2000, № 5. –B.51-53. Mustaqil soʻzlar sifatida taqlidlar // Til va adabiyot taʼlimi,  2001, № 2. – B.75-77 (A.Aliqulov). Tilni sistem yaxlitlikda oʻrganish haqida // Til va adabiyot taʼlimi,  2000, № 5. – B.49-53. Lisoniy tizim yaxlitligida leksik sath va uning birligi masalasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2001, № 6. – B.29-32. Tasavvuf va bilish // Fan va turmush, 2002, № 5-6. – B. 30-31. Nisbat shakllari lisoniy tizim yaxlitligida // Ilm sarchashmalari, 2004, – № 4. Son kategoriyasi lisoniy tizim yaxlitligida // Xorijiy filologiya, 2002, – № 2. Milliy lugʻatchilik muammolari // Nasaf ziyosi, 2004, – № 1 (Sh. Bobojonov). Egalik kategoriyasi umumiy maʼnosining voqelanishida sathlar hamkorligi // SamDU ilmiy tadqiqotlar Axborotnomasi, 2005, № 4. – B. 58-60. Yasama soʻzlarning lison va nutqqa munosabati // Nasaf ziyosi, 2005, – № 2-3. Toʻra Nafasov // O‘zbek tili va adabiyoti, 2008, № 1. – B. 110-112 (E.Begmatov). Ona tili taʼlimining dolzarb masalalari // Til va adabiyot taʼlimi, 2008, № 9 (R.Sayfullayeva, N.Mahmudova, X.Suvonova). Ona tili taʼlimi: uzluksiz taʼlim bosqichlarida chalkashliklarga uchramayaptimi. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2015 yil, 2-son. – Bahriddinova. „Konsept-tushuncha-soʻz“ zanjiri haqida. – „Til va adabiyot taʼlimi“, 2015 yil, 9-son. – B.Sulaymonov. Davlat tili haqidagi qonun va adabiy til meyorlari. – Oʻzbek tili va adabiyoti, 2016-yil 5-son (oktyabr). Hiylagarmi yo hiylakor? – O‘zbek tili va adabiyoti, 2016 yil (dekabr). – Z.Allayorova. Qoʻshimchaning milliy tasnifi va uni oʻqitishga doir muammolar. – Til va adabiyot taʼlimi, 2016-yil , № 9. – B.Bahriddinova. Yuksalish metodologiyasi haqida oʻylar. – Jahon adabiyoti, 2016-yil, aprel № 4. –. B 151-158. Davlat tili haqidagi qonun va adabiy til meyorlari. – O‘zbek tili va adabiyoti, 2016-yil, № 5. Dialektika qonunlarining tilni substansial-pragmatik tadqiq qilishdagi metodologik ahamiyati haqida. – OʻzMU xabarlari, Toshkent, 2017-yil, № 5. Oʻzbek tilini matematik modellashtirishning nazariy va amaliy asoslari. – Filologiya masalalari, Toshkent, 2018-yil, № 2. Spirituality in the soul of the language: about linguomaʼnaviyatshunoslik and its perspektives. – American Journal of Research. – USA, Michigan, 2018. – № 9-10. – R.187-198. Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language. – Academia Open. Vol 1. No 1. (2019): June Articles, 2019. Ona tili taʼlimidagi tang holat yoki tildagi „oraliq“ hodisalar haqida. – Til va adabiyot taʼlimi, 2019-yil, № 1.