thumb| Trangkera masjidi namozxonasi Trangkera masjidi () – Malayziyaning Malakka viloyati, Malakka shahrida joylashgan masjid. Bino 1728-yilda qurilgan boʻlib, Johordagi Sulton Husaynshoh qabri yonida joylashgan. 1990-yilda Al-Azim masjidi tashkil etilishidan oldin Malakka davlat masjidi boʻlgan.

Masjid qurilishida foydalanilgan yogʻoch Kalimantan orolida joylashgan Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasidan keltirilgan. Bino qurib bitkazilganidan keyin ham bir necha bor qayta taʼmirlangan. Masjidning ichki qismiga Malay, Xitoy va Indoneziya meʼmorchiligi uygʻunlashuvi asosida ishlov berilgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar