Dafna Koller (, 1968-yil 27-avgustda tugʻilgan) – Stenford universiteti kompyuter fanlari kafedrasi isroillik-amerikalik professori, MacArtur jamgʻarmasi aʼzosi, Coursera taʼlim platformasi asoschilaridan biri. Kollerning asosiy tadqiqot sohasi – sunʼiy intellekt va uning biotibbiyotda qoʻllanishi. Milliy Fanlar Akademiyasi (2023) va AQSh Muhandislik Akademiyasi (2011), shuningdek, Amerika Sanʼat va Fanlar Akademiyasi (2014) aʼzosi.

Biografiyasi Dafna ota-onasi, ingliz professori onasi va botanik otasi bilan katta boʻlgan. 1981-yilda, 12-yoshida u otasi bilan Stenfordda bir yil oʻtkazdi. U yerda u talabalardan birining RadioShack kompyuterida dasturlashni boshladi. Isroilga qaytib kelgach, Dafna otasiga maktabni zerikarli deb bilishini va universitetda qiziqroq narsa qilishni xohlashini aytdi. Olti oydan keyin u otasini ishontirishga muvaffaq boʻldi va u Quddus Ibroniy universitetida kompyuter fanlari va matematika boʻyicha oʻqishni boshladi. 17 yoshida Dafna bakalavr darajasini oldi va oʻsha universitetda maʼlumotlar bazasi kursidan dars bera boshladi. Bir yil oʻtgach, u magistrlik darajasini oldi va Isroil armiyasiga chaqirildi.

Koller 1993-yilda Stenford universitetida Joseph Xallerna rahbarligida doktorlik darajasini tugatdi va 1993-yildan 1995-yilgacha Berklida tadqiqotini davom ettirdi. 1995-yilda Koller Stenford universitetining fakultetiga qoʻshildi. 2004-yil fevral Kollerning Bayes tarmoqlari boʻyicha ishi MIT Technology Review jurnalida „Dunyongizni oʻzgartiradigan 10 ta eng zamonaviy texnologiyalar“ maqolasida taʼkidlab oʻtilgan. 2004-yilda Koller MacArthur stipendiyasini oldi. 2007-yilda Koller birinchi $150 000 miqdordagi ACM – Infosys mukofotini oldi. 2012-yilda Dafne Koller va Andrew Ng Coursera bepul onlayn taʼlim platformasini ishga tushirdilar.

Manbalar

Turkum:Quddusda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:27-avgustda tugʻilganlar