Shershoh Suri masjidi, shuningdek, Shershahi masjidi sifatida ham tanilgan, afgʻon meʼmorchiligi uslubining namunasi sifatida etirof etiladi. Shershoh Suriy bu masjidni 1540–1545-yillar oraligʻida oʻz hukmronlik davrini nishonlash maqsadida qurdirgan. U Purab Darvozaning janubi-gʻarbiy burchagida Dhavalpura yaqinida joylashgan.

Tarixi Shershoh Suri masjidi 1545-yilda qurib bitkazilgan.

Arxitekturasi Afgʻon meʼmorchiligi uslubida qurilgan bu inshoot Hindistondagi koʻplab tarixiy masjidlardan biri hisoblanadi va Patna shahridagi diqqatga sazovor joydir. Masjid majmuasi ichida sakkiz qirrali tosh plitalar bilan qoplangan qabr mavjud. Ammo Shershoh Suri masjidining eng asosiy diqqatga sazovor joyi uning markaziy gumbazi boʻlib, u tomning oʻrtasida joylashgan va toʻrtta kichik gumbaz bilan oʻralgan. Ushbu dizaynning oʻziga xos tomoni shundaki, masjidga har qanday burchakdan qaralsa ham, faqatgina uchta gumbaz bordek koʻrinaveradi.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Bihardagi masjidlar Turkum:Sur imperiyasi