Rustam Qodirov (; 27-iyul 1983-yil, Guliston) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Faoliyati Rustam futbolchilik faoliyatini 1999-yilda Gulistonning „Guliston“ jamoasida boshlagan. 2002-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. „Mashʼal“ klubi tarkibida oʻzining eng yaxshi davrlarini oʻtkazdi. Rustam 2007, 2007-yillarda 14 va 11 ta gol urgan holda jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2009-yilgi mavsumda Qashqadaryoning boshqa bir klubi, Qarshining „Nasaf“ jamoasiga va ketma-ket ikki mavsum Oʻzbekiston Superligasida bronza medallarini qoʻlga kiritishida yordam berdi. 2011-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. 2012-yilgi mavsumda sobiq jamoasi, Guliston klubiga qaytgan va 2014-yilgi mavsumda shu jamoa safida faoliyatiga yakun yasagan.

Milliy terma jamoa Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi safida 2003-yilda BAA da oʻtkazilgan FIFA U-20 jahon chempionatida qatnashgan. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 2007-yilda Rauf Inileyev murabbiylik davrida milliy terma jamoadagi debyutini, Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.

Yutuqlar Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2006 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2005 Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2007, 2009, 2010

Manbalar

Havolalar

Rustam Qodirov OʻzPFL saytida futbolchi profili

Rustam Qodirov Footballfactsru saytida futbolchi profili Rustam Qodirov National-football-teams saytida futbolchi profili

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Gulistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar