Arxiyepiskop Boris (dunyoda Vladimir Pavlovich Shipulin, 27-dekabr 1874-yil, Velsk, Vologod viloyati – 1938-yil 23-fevral, Toshkent) – pravoslav rus cherkovi yepiskopi, Toshkent arxiyepiskopi.

Biografiyasi Boris 27-dekabr 1874-yilda Vologod viloyatining Velsk shahrida (hozirgi Arxangelsk viloyatining markazi) hisobchi oilasida tavallud topgan. 1886-yilda Vologod viloyati Velikiy Ustyug shahridagi boshlangʻich maktabni, 1890-yilda Vologod ilohiyot bilim yurtini, 1896-yilda Vologod diniy seminariyasini hamda 1900-yilda Moskva diniy akademiyasini ilohiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasi bilan tugatgan.

Shipulin 1901-yil 14 (27)-yanvarda iyerodiakon, 31-martda iyeromonax, akademiya inspektori yordamchisi etib tayinlangan. 1902-yildan Kursk diniy seminariyasi inspektori, 1904-yildan arximandrit va Pskov diniy seminariyasi rektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Shipulin 1905-yildan Moskva Kreml qal’asidagi oʻn ikki havoriylar cherkovining bosh ruhoniysi va 1906-yildan Novospasskiy monastiri abbati boʻlgan. U 1907-yildan Rossiya xalqlari ittifoqining faxriy aʼzosi hamda 1909-yildan Moskva diniy seminariyasi rektori boʻlgan.

Arxiyepiskop Boris 1912-yil 24-iyunda (7-iyul) Vinnitsa yepiskopi, Podolsk yeparxiyasining ikkinchi vikarisi etib tayinlangan. 1914-yil 14 (27)-fevralda Balta yepiskopi, xuddi shu yeparxiyaning birinchi vikarisi etib tayinlangan. Shipulin 1915-yil 12 (25)-fevralda Cheboksari yepiskopi, Qozon yeparxiyasining ikkinchi vikarisi etib tayinlangan va ayni paytda Qozon Kizicheskiy monastirining rektori boʻlgan.

IV (1911) va III (1915) darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.

Boris Shipulin 1921-yil dekabrda Ufa va Menzelinskiy yepiskopi etib tayinlangan. U 1922-yil fevral oyining oxiri mart oyining boshida Ufaga kelgan va „Jivoy Serkvi“ ga qoʻshilgan. 1922-yil oktyabr oyida hibsga olindi va „oq toʻdalarni tashkil qilganligi, admiral Kolchak hukumatini maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlaganligi“ uchun 7 yilga majburiy mehnatga hukm qilingan. Ammo Boris amnistiya bilan ozod qilingan va Xarkovga surgun qilingan.

Yepiskop 1938-yil 23-fevralda Toshkentdagi OʻzSSR NKVD UGBning ichki qamoqxonasida otib oʻldirilgan.

Manbalar

Turkum:Toshkent yepiskoplari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:23-fevralda vafot etganlar Turkum:1877-yilda tugʻilganlar Turkum:8-yanvarda tugʻilganlar