Nusretiye masjidi () – Istanbulning Beyoğlu () shahri, Tophane tumanida joylashgan masjid. Bino 1823—1826-yillarda sulton Mahmud II tomonidan qurdirilgan.
Tarixi
left|thumb|Nusretiye masjidi va Tophane soat minorasi (1862)
Nusretiye masjidi Mahmud II buyrugʻi bilan 1822–1826-yillarda Tophane mahallasida bunyod etilgan. Masjidning nomi 1826-yilda, yaʼni masjid qurib bitkazilgan yili Mahmud II ning yanicharlarni yoʻq qilishi orqali qoʻlga kiritgan gʻalabasi sharafiga berilgan. Mahmud II, shuningdek, bir vaqtning oʻzida masjid yaqinida oʻzidan oldingi Usmonli hukmdori Salim III tomonidan qurdirilgan va yanicharlar tomonidan vayron qilingan kazarma oʻrniga yangi artilleriya kazarmasi va parad maydonini qurdirgan. Bunday inshootlarning barpo etilishi Selim III tomonidan Tophaneda boshlangan islohotlarning davomi boʻlib xizmat qilgan.
1835–1839-yillar oraligʻida Mahmud II Nusretiye masjidi yaqinida Istanbuldagi eng qadimgi soat minorasi – Tophane soat minorasini qurdirgan. Minora 1848 yoki 1849-yillarda Abdulmajid I tomonidan yanada monumental shaklda qayta ishlangan.
Arxitekturasi
thumb|Masjidning ichki qismi (2019-yil mart) thumb|Masjidning markaziy gumbazi (2009-yil aprel)
Masjid Usmonli imperiyasidagi armanlar orasida taniqli Balian oilasidan boʻlgan Krikor Balian tomonidan qurilgan boʻlib, bu inshoot meʼmorning ilk yirik loyihalaridan biri boʻlgan. Baʼzi olimlar masjid meʼmorchilikning ampir uslubida qurilgan deb taʼriflasa, olimlar Godfrey Goodwin va Doğan Kuban uni Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubidagi masjidlardan biri sifatida taʼriflaydi. Ünver Rüstem esa bu uslubni Usmonli meʼmorchiligining barokko uslubidan cheklangan holda neoklassik arxitektura uslubi deb baholaydi. Goodwin, shuningdek, Nusretiye masjidini XVIII asr imperiya masjidlarining oxirgisi degan xulosaga kelgan.
Masjid oʻzining ayrim qismlari, jumladan, bino oldidagi portik hamda ikki qanotli imperator paviloni bilan Üsküdardagi Salimiya masjidiga oʻxshab ketadi. Inshootning boshqa qismlarida innovatsion yangiliklardan foydalanilgan deyish mumkin, masalan, masjidning qabr va zinapoya detallari yangicha uslubda ishlangan, shuningdek, zinapoyalarni qurishda tosh oʻrniga yogʻochdan foydalanilgan, gumbazni bezashda esa anʼanaviy arab yozuvlari oʻsimlik barglari naqshlari bilan almashtirilgan. Tashqaridan qaraganda, masjidning eng diqqatga sazovor qismlari uning minoralari hamda rokoko uslubida yaratilgan sevilning haddan tashqari nozikligidir.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Nusretiye masjidi tasvirlari
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:19-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar