Tallimarjon koʻchasi – Toshkent shahrining, Mirobod tumani hududida joylashgan boʻlib, koʻchaning umumiy uzunligi 1,2 km ni tashkil qiladi.
Tarixi 1941-yili Xarkov zavodi ushbu hududga koʻchiriladi va zavodga tutash koʻchaga Xarkovskaya nomi beriladi. 1950-yillar soʻngida koʻchaga Dmitriy Manjara sharafiga Monjara koʻchasi nomi beriladi.
1994-yil 16-dekabrda ushbu koʻchaga Vasiliy Fetisov nomi beriladi. Fetisov shu koʻchada joylashgan Oʻrta Osiyo Elektro Apparat zavodida (hozirgi "Oʻzelektroapparat" AJ) koʻp yil davomida rahbarlik qilgan va uning „Elektrotexnika sanoatidagi ulkan xizmatlari uchun“ Toshkent shahridagi ushbu koʻchaga Fetisov nomi berilgan.
2005-yil 22-iyunda koʻcha nomi Tolimarjon koʻchasi deb oʻzgartiriladiAtlas „Tashkent“ maliy / Chernyavskaya T. B. – Tashkent: Goskomgeodezkadastr, 2007. – 122 s. – ISBN 978-9943-15-128-4. S. 115.
Kesishgan koʻchalar
Koʻcha Sayhun koʻchasidan boshlanib, EskiSarikoʻl koʻchasi bilan kesishadi.
Binolar
Koʻcha boʻylab Oʻzelektroapparat zavodi, Talabalar yotoqxonasi, 291-ATS, Furqat bogʻi, Janubiy Korey maktabi, Amerika maktabi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari, koʻp qavatli uylar joylashgan.
Tansport
Koʻcha boʻylab 12-chi, 22-chi avtobuslar harakatlanadi.
Galereya
Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari