Ilya Kim (1928-yil 4-mart, Vladivostok okrugi, Olgin tumani Dongou qishlogʻi – 2000-yil 20-iyul, Oʻzbekiston, Quyi Chirchiq tumani) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy nomidagi kolxoz aʼzosi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).

Hayoti Ilya Kim 1928-yilda Vladivostok okrugi, Olgin tumani, Dongou qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilinadi. U mehnat faoliyatini 13 yoshida boshlagan. 1941-yildan oddiy kolxozchi, Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy kolxozida sholichilik boshligʻi boʻlgan. Ilya Kim 1948-yilda yetti yillik kechki maktabni tamomlagan

1948-yilda Ilya Kim brigadasi 5 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 84,2 sentnerdan sholi oladi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Ilya Kim Moskvadagi Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan va sovrindor boʻlgan.

1953-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumini tamomlagach, Quyi Chirchiq tumani 1-MTS agronomi boʻlib ishladi. 1955-yildan Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda dalachi, agronom, brigadir, 1960-yildan Quyi Chirchiq tumani, Lenin nomidagi kolxozda agronom-entomolog boʻlgan. 1962-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi „Kommunizm tongi“ kolxozida brigadir boʻlgan.

U 1988-yilda nafaqaga chiqqunga qadar „Kommunizm tongi“ kolxozida ishladi.

2000-yil iyul oyida Quyi Chirchiq tumanida vafot etgan.

Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1972) 3-darajali "Mehnat shuhrati" ordeni „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali

Adabiyotlar Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:2000-yilda vafot etganlar Turkum:20-iyulda vafot etganlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:4-martda tugʻilganlar