Islom Ibrohim (asli: Ibrohimov Islom Ikrom oʻgʻli, 1996-yil 1-sentyabr, Buxoro viloyati Shofirkon tumani) – bloger, biznes motivatorlik faoliyati bilan tanilgan. 2023-yilning 25-oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qism „a“ bandi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi qidiruvida. Faoliyati Islom Ibrohim 2020-yil 11-martda „BUSINESS INVEST ONLINE SCHOOL“ MChJ tashkil qildi. Mazkur MChJ rahbari sifatida u odamlardan 70% foyda evaziga ushbu jamiyatga sarmoya kiritishni soʻragan. Odatda, odamlar bilan telefon orqali Islom Ibrohimning oʻzi muloqot olib borgan. Qolgan hollarda esa uning vakillari odamlardan kiritilishi soʻralgan investitsiyani naqd pul shaklida olib ketgan.
Mijozlar pulni qaytarishni talab qilgan vaqtda Islom Ibrohim tomonidan „Yil yakunlanib qoldi, rejalarimiz buzilib ketdi, yangi biznes boshlayapman“ qabilidagi vajlar bilan vaʼda qilingan pullarni qaytarmay kelgan. 2023-yil oktyabr oyida oyiga 10 ming dollar ishlashni oʻrgatishga vaʼda bergan Islom Ibrohim firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berildi.
Manbalar
Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Shofirkon tumanida tugʻilganlar