Yuriy Nikolayevich Majorov (20-avgust 1921-yil – 14-fevral 2019-yil) sovet va rossiyalik olim, texnika fanlari nomzodi, general-mayor (1970), NPO „Palma“ bosh direktori, Lenin (1976) va SSSR Davlat mukofotlari laureati (1967, 1982).

Tarjimai holi Yuriy Nikolayevich Majorov 1921-yilda birinchi jahon va fuqarolar urushi qatnashchisi Nikolay Majorov va sayohat yoʻl boshlovchisining qizi Mariya Yegorova oilasiga tavallud topgan.

Majorov 1940-yil oktyabr oyida Qizil Armiya safiga chaqirildi. U 490-boʻlim radio boʻlinmasida xizmat qilgan. 1-darajali razvedkachi radio operatori malakasiga sazovor boʻlgan.

1941-yil oktyabrdan Ulugʻ Vatan urushi frontida va Moskva jangida qatnashgan. Yuriy radio razvedka ishlari bilan shugʻullangan va dushman radio xabarlarini tutgan. 1942-yil boshida aloqa punkti boshligʻi etib tayinlandi. Kichik leytenant Majorov 1942-yil avgustda 1-boʻlim radiopolkining (Gʻarbiy front) 3-boʻlinmasi aloqa markazining boshligʻi etib tayinlangan.

Keyinchalik Ukraina, Polsha ozod etilishida, Korsun-Shevchenkov operatsiyasida ishtirok etgan. 1945-yil 10-mayda Pragadagi urushni tugatgan.

Yuriy Majorov 1948-yilda S. M. Budenniy nomidagi harbiy aloqa akademiyasining radiolokatsiya fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 1953-yilda tugatgan. Akademiyani tugatgandan soʻng mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot institutlaridan birida ishlagan.

1976-yilda „Celina“ radiotexnika razvedka tizimini yaratishda ishtirok etganligi uchun Lenin ordeniga sazovor boʻlgan.

Yuriy Nikolayevich 1961-yildan boshlab Markaziy radiotexnika ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan, 1968-yilda esa uni boshqargan. 1970-yilda unga general-mayor unvoni berildi. 1979-yilda „Palma“ NNTga boshchilik qilgan. General-mayor 1985-yilda isteʼfoga chiqqan.

Yuriy Majorov hayoti davomida 24 ta mualliflik guvohnomasini olgan. U bir necha bor Germaniya va Shimoliy Koreya, Kuba va Vetnam, Afgʻoniston va Suriya kabi davlatlarga sayohat qilgan. „Pogonya za „yastrebinim glazom“. Sudba generala Majorova“ kitobi muallifidir.

Yuriy 2019-yil 14-fevralda 98 yoshida vafot etgan.

Oilasi Yuriy Majorova Tatyana Konstantinovna (1921–1989) bilan oila qurgan. Rafiqasi buyuk Vatan urushi qatnashchisi, radio-razvedkachi va pedagog boʻlib ishlagan. Ularning ikki nafar farzandi bor. Oʻgʻli Valeriy Yuryevich (1950), muhandis-radiist va zaxira podpolkovnigi va qizi Larisa Yuryevna (1954), muhandis-iqtisodiyotchi boʻlgan. Yuriyning uch nafar nabirasi bor.

Manbalar

Turkum:SSSR Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Lenin mukofoti laureatlari Turkum:SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Mehnat faxriysi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 65 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 60 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:14-fevralda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:20-avgustda tugʻilganlar