Abulgʻozi Gʻoipul (Abulgʻozi Xon, Abulgʻozi, Abu-l-Gʻozixon III, Abilgʻozi III) (tugʻilgan yili nomaʼlum – 1815) – qozoq sultoni, Xiva xonligi xoni. Gʻoyibxonning toʻngʻich oʻgʻli, Botirxonning nabirasi.

Tarjimayi holi 1767-yil oxiri – 1768-yil boshida Xiva xoni deb eʼlon qilinadi. Abulgʻozi III nomi bilan u olti oy, boshqa maʼlumotlarga koʻra, bor-yoʻgʻi bir oycha hukmronlik qilgan. 18-asrning 90-yillarida – Qoraqalpoqlar xoni boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng bosh qarorgohi Yangikentda joylashgan Shekti va Alimuli urugʻiga (1794-1815) xon etib saylanadi.

Qarindoshlarining qoʻllab-quvvatlashidan mahrum boʻlib, umrining soʻnggi yillarini qashshoqlikda oʻtkazgan. Dafn qilingan joy nomaʼlum.

Oilasi Oʻgʻillari: Aringʻozi, Ilyos, Nurim, Pishjon (Boshan), Ardu, Eskandir, Eljon.

Manbalar

Adabiyotlar

Abilgazi, Kaipuli // Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya (rus.). – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2004. – T. I. – ISBN 9965-9389-9-7. (CC BY-SA 3.0) Turkum:Xiva xonligi hukmdorlari Turkum:1815-yilda vafot etganlar