Naum Aleksandrovich Samoylov (1941-yil 9-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – sovet va rus olimi, texnika fanlari doktori (1995-yildan), USPTU texnologiya fakulteti neft kimyosi va kimyo texnologiyasi kafedrasi professori (2001-yildan). Shuningdek, USPTUning „Kimyoviy texnologiyalar jarayonlari va apparatlari“ ixtisosligi boʻyicha dissertatsiya kengashi aʼzosi, Boshqirdiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi. Rossiya Federatsiyasi Oliy kasbiy taʼlimning faxriy xodimi (2002).
Professor N. A. Samoylovning 774 ta ilmiy ishlar, jumladan, 4 ta monografiya, 55 ta patent, 400 dan ortiq maqola va 30 dan ortiq oʻquv-metodik ishlari nashr etilgan.
Hayoti Naum Samoylov 1941-yil 9-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent shahri 1941–1945-yillardagi dahshatli urush yillarida eng yirik evakuatsiya markazi boʻlgan. Millionga yaqin sovet fuqarolari va 200 mingdan ortiq bolalarni ochlikdan qutqarib qolgan. Otasi – Aleksandr Izrailyevich Samoylov, onasi – Fanya Naumovna Samoylova (ya'ni ReznikSamoylov N. A. Retrospektiva: – Ufa: Izd-vo UGNTU, 2007. – 201 s.).
Taʼlimi Naum Samoylov 1958-yili Ufa shahridagi 62-maktabni kumush medal bilan tamomlagan. Bolaligi, yoshligi – uning butun hayoti Ufa shahrining eng shimoliy sanoat tumani Chernikovka bilan bogʻliq boʻlgan. Urushdan keyingi yillarda Chernikovka (1944–1956-yillarda Chernikovsk shahri) sanoat korxonalari tomonidan qurilgan.
1958—1963-yillarda Ufa neft institutida tahsil olgan. Keyin seolitlar bilan quritishni oʻrganish boʻyicha bitiruv loyihasini himoya qilgan. Institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. U yerda katta oʻqituvchi va dotsent boʻladi. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng, UNI (1999-yildan USPTU) neft kimyosi va kimyo texnologiyasi kafedrasi professori boʻlib ishlaydi. N. A. Samoylov 2021-yilga kelib 2 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Hozirda 2 nafar aspirantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Manbalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:9-dekabrda tugʻilganlar