Mariya Aleksandrovna Shekerova (9-dekabr 1988-yil, Toshkent) – oʻzbek, keyinchalik rossiyalik dzyudochi va sambo kurashchisi, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempioni va Rossiya chempioni. Dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatlari sovrindori, jahon chempioni, Yevropa kubogi sovrindori. Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi. Pekindagi 2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari ishtirokchisi.
Biografiyasi Mariya Shekerova 9-dekabr 1988-yil Toshkent shahrida sportchilar oilasida tavallud topgan. Onasi yadro uloqtirish boʻyyicha sport ustasi, otasi koʻpkurash ustasi boʻlgan. Uning xolasi, amakisi va opalari ham yengil atletikachilar edi. Mariya birinchi sinfdan boshlab taekvondo, ushu, basketbol bilan shugʻullangan. 12 yoshida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan va bir yildan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasiga qoʻshilganMariya Shekerova: „Ya lyublyu ekstrim“.
Sportchi 2007-yilda Respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. 2009-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan Qozon federal universitetining jismoniy tarbiya fakulteti talabasi boʻlgan. Dinamo sport jamiyatini himoya qilgan.
Sport natijalari
Dzyudo 2004-yil dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) – , 2011-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) – , 2012-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2013-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrinni egallagan.
Sambo Mariya Aleksandrovna 2019-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2020-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2021-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2022-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrinni qoʻlga kiritgan.
Plyaj sambosi Mariya Shekerova 2021-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2022-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2023-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrin sohibasi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:9-dekabrda tugʻilganlar