Al-Kazimiya masjidi () Iroq Bagʻdod shahrining Kadhimayn chekkasida joylashgan shia islom masjidi va ziyoratgohi. Unda yettinchi va toʻqqizinchi oʻn ikki shia imomlari, mos ravishda Muso al-Kazim va uning nabirasi Muhammad al-Javadning qabrlari joylashgan. Shuningdek, ushbu masjid hududida tarix olimlari Shayx Mufid va Shayx Nosiriddin at-Tusiylar dafn etilgan. Masjidga toʻgʻridan-toʻgʻri tutash tarzda, aka-uka Sayyid Radiy (Nahjul-Balogʻa kitobini tuzgan) va Sayyid Murtodo hamda Qozi Abu Yusuf al-Ansoriyga tegishli ikkita kichikroq ziyoratgoh joylashgan.
Tarixi right|thumb|184x184px| Masjid 1962-yil Masjid milodiy 762-yilda Bagʻdodning qadimiy shahrihududida, Quraysh qabristoni oʻrnida qurilgan. Bu qabriston milodiy 799-yilda yettinchi oʻn ikkinchi imom Muso al-Kozimning, 834-yilda uning nabirasi, toʻqqizinchi imom Muhammad al-Javodning dafn etilgan joyiga aylantirilgan. Hozirgi bino Safaviylar shohi Ismoil I tomonidan 1502-1524-yillarda amalga oshirilgan restavratsiya davriga toʻgʻrida vujudga keltirilgan. Usmonli sultoni Sulaymon 1534-yilda Bagʻdodni zabt etgandan soʻng uni yanada ziynatlagan. Oʻshandan beri u yaxshi taʼmirlangan holatda saqlanishda davom etgan.
Taʼmirlash ishlari va texnik xizmat koʻrsatilishi thumb| 2018-yil dekabr oyida
Ichki tuzilishi thumb|left|Zarih Kazimayn qabrlari ustida Masjidning bosh hovlisi va uning atrofidagi xonalarning vayron boʻlgan inshootini taʼmirlash 2007-yil oxirigacha boʻlgan toʻrt oylik muddatni oʻz ichiga olgan uch bosqichda amalga oshirilgan. Loyiha hovli boʻylab eski vayron boʻlgan devorlarni olib tashlash, devor va shiftlarga turli armaturalar qoʻshish, shuningdek, masjid boʻylab elektr simlarining texnik holatini yaxshilashdan iborat boʻlgan. Ichki tuzilish qurib boʻlingandan soʻng, pol va devorlar turli xil marmar bilan qoplangan. Masjidning sovutish moslamalarini yangilash 2008-yil oxirida boshlangan va 2008-yil 28 noyabrda yangi suv filtrlash moslamalari oʻrnatilgan.
Masjidga yangi ayollar kirish eshigi, yaʼni Bob al-Fotima (), 2008-yil oxirida qurila boshlangan. Ushanda ziyoratchilarga taom berish uchun moʻljallangan masjidning yangi xonalari qurilishi ham amalga oshirilgan.
Tashqi tuzilishi Saddam Husayn hukumati qulagandan keyin masjidda amalga oshirilgan eng dastlabki ishlardan biri Bob al-Qibla () deb nomlanuvchi masjidning kirish eshigini taʼmirlash boʻlgan. Darvoza va tashqi devor jiddiy eʼtiborsizlik tufayli toʻliq taʼmirlanishi kerak edi. Bu taʼmirlash ishlari 2006-yil sentyabr oyining boshida boshlangan boʻlib, 7 oy davom etgan.
Muhammad at-Taqiy qabri ustidagi oltin gumbaz 2008-yil mart oyida Muhammad va uning avlodi Jaʼfar as-Sodiqning tavallud kunlarini nishonlash chogʻida qaytadan tilla suvi bilan bezaklangan va keng omma uchun ochiq deb eʼlon qilingan. Muso al-Kozim qabri ustidagi gumbazni taʼmirlash ishlari 2008-yil avgust boshida Husayn ibn Ali, Abbos ibn Ali va Ali ibn Husaynlarning tavallud kunlari marosimlarida boshlangan.
Mashhur dafn marosimlari right|thumb|169x169px| 1932-yil right|thumb|168x168px| 1932-yil Muso al-Kazim – 7-imom Muhammad al-Javad – 9-imom ash-Shayx al-Mufid Nosiriddin at-Tusiy Al-Sharif ar-Radiy Sharif al-Murtazo
Oxirgi vaqt jadvali SanaVoqea 2004-yil 2-mart Olomon Ashuroni xotirlash uchun yigʻilgan paytda kamida 75 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi. Karbalodagi Imom Husayn masjidida ham ayni shu vaqtda portlashlar sodir boʻldi. 2005-yil 31-avgust Bu masjid Bagʻdod koʻprigida toʻplanib qolgan olomonning manzilgohi edi. 2007-yil 6-iyun Masjid yaqinida sodir boʻlgan qoʻsh avtomobil portlashi oqibatida kamida 7 kishi halok boʻld. 2007-yil 27-iyun Bomba oʻrnatilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida 14 kishi halok boʻldi, 22 kishi yaralandi. 2008-yil 25-mart Muhammad at-Taqiy qabri ustidagi yangi zarhal qilingan gumbaz ommaga ochiq deb eʼlon qilindi, chunki shu sanada Muhammad va uning avlodi Jaʼfar as-Sodiqning tavallud kunini nishonlash uchun olomon yigʻilgan edi. 2008-yil 27-dekabr Bomba oʻrnatilgan mashina portlashida kamida 24 kishi halok boʻldi, 46 kishi yaralandi, ularning aksariyati shia ziyoratchilari edi. Portlash ziyoratgohning asosiy darvozalaridan biri boʻlgan Bob al-Dirvazadan 100 yard uzoqlikda sodir boʻlgan. 2009-yil 4-yanvar Ayol kiyimidagi erkak xudkush hujumchi 38 kishini oʻldirdi va 72 nafar shia ziyoratchilarini Ashuroga tayyorgarlik koʻrayotganvaqtda yarador boʻlishiga sabab boʻldi . 2009-yil 8-aprel Masjid yaqinida polietilen paket ichida qoldirilgan bombaning portlashi oqibatida 7 kishi halok boʻldi, 23 kishi tan jarohati oldi- . 2009-yil 24-aprel Juma namozi uchun masjid tomon yoʻl olgan ikki xudkush ayol portlashi oqibatida kamida 66 kishi halok boʻldi, 125 kishi yaralandi . 2016-yil 2-may Uchta bomba oʻrnatilgan avtomobillarning seriyali portlashi amalga oshirildi. Kamida 21 ziyoratchi halok boʻldi, 45 nafari yaralandi. Ziyoratchilar Imom Muso al-Kozim va boshqashahid boʻlganlarni xotirlashayotgan edi. Portlashlardan soʻng darhol IShID terrorchilik guruhi javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi .
Yana qarang
Islomdagi eng muqaddas joylar (shia) Iroq sanʼati Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati Qur’onda Mesopotamiya Iroqdagi shia islomi
Manbalar
Havolalar
Kadhimayndagi ziyoratgoh tarixi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Iroqdagi ziyoratgoh Turkum:Iroqdagi shiamasjidlari Turkum:Shia ziyoratgohlari Turkum:Safaviylar arxitekturasi Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Safaviylar meʼmorchiligi