Gennadiy Pavlovich Kurbatkin (1930-yil 23-iyul, Toshkent – 2011-yil 9-sentyabr, Moskva) – sovet va rus meteorologi, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1976).

Hayoti Gennadiy Kurbatkin 1930-yil 23-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.

Gennadiy Pavlovich Qizil Armiya qoʻmondoni, general-leytenant P. S. Kurbatkinning oʻgʻli.

Oʻrta Osiyo (Toshkent) universitetini tugatgan (1953). I. A. Kibelning shogirdi.

Gennadiy 1955-yildan 1957-yilgacha SSSR Fanlar akademiyasining atmosfera fizikasi institutida, 1957–1961-yillar oraligʻida amaliy geofizika institutida va 1961–1963-yillarda SSSR Gidrometeorologiya xizmatida faoliyat olib borgan.

Kurbatkin 1963–1984-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Sibir filiali Matematika institutida fizika va kimyo masalalari laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. 1964-yildan SSSR Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimi hisoblash markazining ob-havo prognozi laboratoriyasida (boʻlimi) mudir lavozimida ishlagan.

Gennadiy Pavlovich 1964-yildan 1971-yilgacha Novosibirsk davlat universitetining dotsenti boʻlgan.

Pavlovich 1983-yildan Moskvada ishlagan. Roshidromet va Rossiya Fanlar akademiyasining SSSR Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari hamda Global iqlim va ekologiya instituti iqlim dinamikasi boʻlimi boshligʻi (1989-yildan) lavozimida ishlagan.

Atmosfera jarayonlari dinamikasini raqamli modellashtirish, atmosfera sirkulyatsiyasi nazariyasi va gidrodinamik uzoq muddatli ob-havo prognozi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Kurbatkin fizika-matematika fanlari doktori (1971, „Ultra-uzoq atmosfera toʻlqinlari va uzoq muddatli ob-havo prognozi“ dissertatsiyasi), SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan (1976, atmosfera fizikasi).

Kurbatkin "Hurmat belgisi" ordeni va medallar bilan taqdirlangan.

Gennadiy Pavlovich 2011-yil 9-sentyabrda Moskva shahrida vafot etgan. U Troyekurovskoye qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2011-yilda vafot etganlar Turkum:9-sentyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyulda tugʻilganlar